Özbekiston Respublikasi prezidentining “Şoliçilikni barqaror rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Özbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengaşining şoli yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va sotişga ixtisoslaştirilgan “Özbekşoliçiligi” uyuşmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar Uyuşmaning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilanadi:

şoliçilikni rivojlantiriş borasida qabul qilingan dasturlarning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş;

yuqori sifatli şoli mahsulotlarini işlab çiqariş hamda aholini bunday mahsulotlar bilan ta'minlaşni taşkil etiş;

şoli uruğçiligini rivojlantiriş, innovatsion texnologiyalar asosida yuqori hosilli mahalliy şoli navlarini yaratişda Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiliş;

şoliçilik sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy taşkilotlar bilan özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş, xodimlarning mazkur taşkilotlarda doimiy ravişda malakasini oşirib borişni taşkil etiş hamda xalqaro moliya institutlarining mablağlarini jalb qiliş;

hududlar kesimida şoli yetiştirişning prognoz hajmlarini belgilaş böyiça takliflar işlab çiqişda iştirok etiş;

şoli yetiştiriş, qabul qiliş, sifatini aniqlaş, saqlaş, qayta işlaş va hisobini yuritiş hamda uşbu mexanizmlarni takomillaştiriş böyiça tegişli normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqişda iştirok etiş;

zamonaviy qayta işlaş quvvatlarini işga tuşiriş, yopiq siğimlar quriş va uşbu maqsadlar uçun xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga kömaklaşiş;

şoli va guruç mahsulotlarining içki hamda taşqi bozorlaridagi narxlari monitoringini yuritiş.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari Uyuşma, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda har yili 1 martga qadar suv balansi prognozidan kelib çiqqan holda şoli ekinlarini joylaştiriş böyiça takliflar işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.