Yakunlanib borayotgan haftada “Milliy Tiklaniş” partiyasi lideri Alişer Qodirovning intervyusini tahlil qilib, öylanib yurdim. Qodirov juda samimiy va oşkora gapirdi, “Özbekistonda hali hokimiyatni nazorat qila oladigan partiyalar yöq” dedi. Yana, “normal partiyalarning yöqligini asosiy sababi – diktatura edi”, “hatto hokimiyat partiyasi bölgan ÖzLiDeP ham hokimiyatni xizmatkori xolos, lekin nazoratçisi emas” degan qat'iy fikrlarni yumşoq şaklda bildirdi. 

Keça Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyevalarning Samarqandda ötgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti anjumanida Özbekiston yaqin ötmişiga bergan bahosi ham yuqori tahsinga loyiq. Muammoni yeçimi – töğri diagnoz qöyişdan boşlanadi. Uni ustiga, qança köp davlat mulozimlari vaziyatga tanqidiy baho bersa, joriy muammolarni rasmiylaştirsa, şunçalik davlatning kursi uşbu muammolarni yeçimiga qaratilgan böladi. Maqsad, faqat oldingi ma'muriyatni tanqid qiliş emas, balki joriy muammolarni tan oliş, va kelajakka qaratilgan yönalişni töğri belgilaş muhimdir. Davlat mulozimlari “söz erkinligidan çekinmaymiz, ortga qaytmaymiz” deyişi – nihoyatda muhim bayonot. Endi, bu bayonot davlatning ustuvor siyosati bölib qolişi kerak. 

Yana bir qiyoslov. Oldinlari Gulnora Karimova va yoki boşqa yuqori mulozimlarning FB sahifalarida odamlar tanqidiy yoki işonçsizlik ruhiyatida fikr qoldirişdan qörqişardi. Çunki davlatning eng qudratli repressiv organlari bunday odamlarni nazoratga olardi, ularni kuzatardi, qora röyxatga olib, çorasini topib jazolardi. Keyingi vaqtlarda Saida Mirziyoyeva, boşqa yuqori davlat mulozimlari sahifalari ostidagi şarhlarni kuzatyapman. Tanqidlar, işonçsizliklar, kesatiqlar nihoyatda köp. Men, davlat mulozimlariga yuzlanib aytamanki, tanqidni juda qattiq qabul qilmang. Söz erkinligi şunday narsaki, uni jamiyatning turfa qatlamlari har xil qabul qiladi. Sizni yuzingizga tanqid qilişyaptimi  - demak, mutafakkirlar nazarida, siz ayni paytda, yuqori hurmatga loyiqsiz. Çunki, sizdan qörqişmayapti, sizga bir tomondan umid va işonç bilan qaraşyapti, sizni tanqid qilib – muammolarni yeçişingizni, odamlarga açiniş hissi bilan qaraşingizni kutişyapti. 

Juda köplab mutafakkirlar demokratiyaning ikki institutini alohida urğulaşgan, bu söz erkinligi va haqqoniy saylovlar. Mana şu ikki institut işlab tursa, davlat doimiy transformatsiya bölib boraveradi, huquqiy davlatçilikning qolgan institutlari şakllanib, rivojlanib boraveradi. Ayni paytda, söz erkinligi – davlatning barqarorligi uçun eng muhim institut hamdir. Özbekiston söz erkinligini doimiy saqlay olsa, keyingi yillarda davlat va jamiyat jiddiy özgarib ketadi. Çunki söz erkinligi – faqat muammolarni aytilişi emas, ular ustida öylanişni, yeçiş yöllari izlanişini nazarda tutadi.

Kamoliddin Rabbimov