25 noyabr kuni Kun.uz’da AOKA rahbari Asadjon Xodjayev tahririyatni gaz-svet muammosini yozgani uçun ogohlantirgani haqida xabar e'lon qilindi. Şundan keyin turdoş ogohlantirişni boşqa internet naşrlari ham olganini ma'lum qildi.

 Özbekistondagi xorijiy diplomatlar, xususan Buyuk Britaniya, AQŞ va Germaniya elçilari, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari AOKAning taqdimnomalaridan taajjubini izhor etdi. Demak, harakatlarga qandaydir jöyali izoh zarur edi. Mana şu jöyali izohni taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov davra suhbatida öqib eşittirgandek tuyuldi.

«Özbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir. Bu tamoyil prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev aniq ta'kidlaganidek, har qanday şaroitda, şu jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham qat'iy amal qiladi.

Ammo bu muammoning, ya'ni xavfsizlik va inson huquqlarining nisbati va boğliqligining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, jumladan, söz erkinligini  amalda röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq uşbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkaziş, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buziş uçun bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqçiman, masalan sönggi paytlarda ayrim demokratik davlatlarda ham ommaviy kayfiyatning keskinlaşuvi natijasida huquqiy tartibning buzilişi, tartibsizliklar, öt qöyiş va odamlarning qurbon bölişiga guvoh bölyapmiz. Özingizga yaxşi ma'lumki, uşbu qonunbuzarliklarning barçasi demokratik huquq va erkinliklarning suiiste'mol qilinişi orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanişi faqat davlat  hamda jamiyatning yaqin va konstruktiv hamkorligi şaroitidagina ta'minlanişi mumkin», — dedi Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov.