Özbekiston inson huquqlarini ta'minlaş, jumladan söz erkinligi borasida katta islohotlarga qöl urdi. Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kristofer Allenga köra, 2,5 yil avval elçi OAVga murojaat qilib, inson huquqlari böyiça gaplaşmoqçiligini aytganda, uning çorloviga, balki heç kim javob bermasdi. Bu haqda elçi Kun.uz'ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.  

«Agar intervyularimda inson huquqlari böyiça köp gapirganimda, bular e'lon qilinmasligi ham mumkin edi. Biroq, biz hozir faqat inson huquqlari mavzusida eksklyuziv suhbatni davom ettiryapmiz. Söz erkinligi borasida oçiq muloqot qilyapmiz. Menimça şularning özi juda yaxşi ijobiy ma'noga ega»​, - deydi u.

Video: Tas-IX

Video: YouTube

Britaniyalik diplomat ötib borayotgan yilda kuzatilgan ayrim voqealar, xususan jurnalist Bobomurod Abdullayev işi, jurnalist Raufxon va hibsga olingan bloggerlar bilan yuz bergan hodisalarga töxtalib, bular söz erkinligini ta'minlaş borasidagi ijobiy qadam bölmaganini aytgan. 
«Harqalay Özbekiston bu sohada rivojlanmoqda. Söz erkinligini ta'minlaş uçun vaqt ötgan sayin dadil qadamlar taşlanmoqda. Hamma qadamlar ham ijobiy bölmayapti va siz bularni ta'kidladingiz. Şuningdek, men katta resursga ega ijtimoiy tarmoqlarga ulanişda kuzatilayotgan qiyinçiliklardan xabardorman», - deydi u.

Elçining aytişiça, inson huquqlar ança keng tuşunça ekanini e'tirof etiş zarur. Odamlar bu mavzuda juda ham keng masalalar atrofida sözlaşa oladi, jumladan insonning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari yoxud siyosiy huquqlari şular jumlasidan. 

«Söz erkinligida katta özgariş borligini ta'kidladim. Kun.uz bu siyosiy jarayonlar atrofida soğlom muhokamalarni taşkil etişga katta hissa qöşayotgan veb saytlardan biri sifatida sözlarimning isbotidir. Bu haqda Prezident ham aytmoqda. U jurnalistlarni tanqidiy maqolalar tayyorlaşga undamoqda. Çunki, davlat rahbari ana şu tanqidlar ortidan xalqdan aks-sado kelişi mumkinligini anglaydi. Agar hukumat faqat özining aytganlarini tinglasa, u yaxşi siyosat yuritolmaydi.

U xalqning fikrini turli tanqid, taklif va mulohazalar körinişida örganişi kerak. Bunga media yordam beradi. U törtinçi hokimiyat, demokratik jamiyatda asosiy tayançlardan biri. Mana şuning uçun hukumat va prezident OAVni qöllab-quvvatlamoqda, va bularning barçasini olqişlaş lozim. Har qanday davlatda bölgani kabi, qilinişi kerak bölgan işlar köp va davom etiş kerak»​, - deb qöşimça qilgan elçi.