12:48 / 12.10.2019
0
17539

Tabiiy monopoliya sub'yektlari ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: Shutterstock

2019 yil oktabr oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 137ta tabiiy monopoliya sub'yekti mavjud. Bundan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

2018 yil bilan taqqoslaganda, mamlakatdagi tabiiy monopoliya sub'yektlari soni uchtaga kamaydi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 140ta tabiiy monopoliya sub'yekti bor edi.

Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestri tabiiy monopoliya sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qog‘oz va elektron shakllarda saqlovchi birlashgan axborot bazasi hisoblanadi.

Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) asosiy faoliyat turi hisoblanmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, quyidagi alohida shartlar asosida Reyestrga kiritiladi:

tabiiy monopoliya tovarlarining pirovard iste'molchisi aholi va/yoki budjet tashkilotlari hisoblanganda;

iste'molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy monopoliya tovarlari hajmi shu tovarlarning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 10 foizdan oshganda;

subabonentlarga realizatsiya qilinayotgan tabiiy monopoliya tovari hajmlari sotib olingan tovar hajmining 10 foizidan kam bo‘lmagan holatda.

Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tovarlarni faqat o‘z ehtiyojlari yoki fors-major holati hosil bo‘lgan vaziyatlarda, texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun, tabiiy va texnogen xarakterga ega bo‘lgan avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oralig‘i uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda, Reyestrga kiritilmaydi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top