Hamdardlik: uch farzandning onasi, oqqon bilan og‘rigan Nigora Ismoilova vafot etdi
Bir necha bor yordam so‘rab tahririyatimizga murojaat qilgan Nigora Ismoilova oqqon kasalligi bilan kurashayotgandi. Nigora Ismoilovaning sog‘ayib ketishi uchun ilik ko‘chirish operatsiyasi qilinishi kerak edi. Lekin bu jarrohlik amaliyoti juda qimmatligi bois uning oilasi yordam so‘rab xalqimizga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan. Mehribon va saxovatli xalqimiz tashabbusi va ko‘magi bilan kerakli mablag‘ yig‘ildi va Nigora Turkiyaga jo‘nab ketgan edi.
Xayriya aksiyasi davomida og‘ir dard bilan kurashayotgan, uch farzandning onasi Nigora Ismoilovaning tuzalib ketishi uchun juda ko‘p ezgu niyatli insonlar yaqindan yordam berishga harakat qilishdi. Kimdir ma'lum mablag‘ jo‘natib, kimdir shifoxonaga kelib va yana kimdir telefon qo‘ng‘iroqlari orqali bemor va uning yaqinlari holidan xabar olib, ruhan qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Afsuski, Nigora Ismoilovaning turmush o‘rtog‘i Rasul Ismoilov bizga ma'lum qilishicha, u 9 oktabr kuni hayotdan ko‘z yumgan. Allohning irodasi ekan-da...
Rasul Ismoilov turmush o‘rtog‘ining shifo topishi uchun yordamini ayamagan ezgu niyatli, saxovatpesha insonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, rahmatini yetkazib qo‘yishimizni iltimos qildi.
Bu aksiyamizda qatnashgan insonlarga tahririyatimiz nomidan ham chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Barchamizni chin insoniylik sifatlari tark etmasin.
Kun.uz sayti marhum Nigora Ismoilovaning oila a'zolariga barchaning nomidan hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024