Iqtisodiyot | 09:22 / 16.10.2019
6460
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi to‘lovlarni elektronlashtirish bosqichidan avtomatlashtirish bosqichiga o‘tdi

Foto: Fotolia / thanatip

Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib, turmushning har jabhasi raqamlashtirilib borayotgan zamonda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ham budjet jarayonlarini elektronlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha bosqichma bosqich islohotlarni amalga oshirib kelmoqda, deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat budjeti to‘lovlarini amalga oshirishda to‘lov hujjatlarini elektronlashtirish bosqichi yakuniga etib, to‘lovlarni amalga oshirish tizimini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda qulaylashtirish, mukammallashtirish va to‘lovlarni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bildirilishicha, avtomatlashtirish bo‘yicha birinchi bosqich ishlari (ish haqi to‘lovlari bo‘yicha Yagona ijtimoiy to‘lov va daromad solig‘ining to‘lovlari) muvaffaqiyatli joriy qilinib, ikkinchi bosqich ishlari (ish haqi to‘lovlarini to‘liq avtomatlashtirish) jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Budjet to‘lovlarini avtomatlashtirish budjet jarayonining ijro bosqichida inson omili ishtirokini kamaytirgan holda, to‘lovlarni amalga oshirilish tezligini oshiradi, tovar (xizmat) yetkazib beruvchilarga yetkazilgan tovar (xizmat) uchun to‘lovni o‘z vaqtida olishi imkonini beradi, budjet tashkilotlari va g‘aznachilik xodimlarining ish vaqtlarini samarali tashkil qilishlari uchun xizmat qiladi, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid