Toshkentda ikki kunda ikki nafar yosh bola 4-qavatdan tushib ketdi
Toshkentda ikki kunda ikki nafar yosh bola 4-qavatdan tushib ketdi.
Joriy yilning 15 oktabr kuni soat 13:17da 102 raqamiga xabar kelib tushgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB ma'lumotida.
Unga ko‘ra, Chilonzor tumanida bir yarim yoshli A. buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan yiqilib tushgan.
Natijada bola tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazilgan. Biroq, shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan, bola hayotdan ko‘z yumgan.
“Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni xonalarda yolg‘iz qoldirmang. Yuqoridagi kabi baxsiz hodisalar yuz bermasligi uchun derazalar ortiga panjaralar yoki bolalar uchun mustahkam cheklagichlar o‘rnatishni tavsiya etamiz”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Bundan oldin, Chilonzor tumanida ikki yashar bola 4-qavatdan tushib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
16:18 / 25.09.2024