Kelajak kasblari: qaysi sohani tanlasak yutqazmaymiz?
|20:35 / 17.10.2019233 66811 min
Foto: iStockFoto: iStock
Zamona zayli şiddat bilan özgarayotgan davrda yaşayapmiz. Bugun bizni eng sönggi texnologiya ham hayratga solişi qiyin. Nima uçun bunday? Sababi bu olamda har lahzada özgariş bölyapti, hayron qolişga ulgurolmayapmiz.
Barça sohalar avtomatlaştirilsa, biz insonlar nima bilan şuğullanamiz? Fikrni bir joyga jamlab, öylaş lozim: qaysi kasbni boşidan tutsam, ertaga u jamiyatga foyda olib keladi? Bugun tanlagan mutaxassisligim bilan kelajakda işsiz qolmaymanmi?
Bu borada yoşlarni kasbga yönaltiriş işlarining ahamiyati bölak. Xöş, Özbekistonda qaysi soha jadallik bilan rivojlanyapti, yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj ortadi?
«Özbekistonda qanday kasblar borligini özbek tilida biliş imkoniyati yöq»
Xuşnudbek Xudoyberdiyev (huquqşunos):
– Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi «Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatorini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarori (oxirgi marta 2019 yil 24 yanvarda qöşimçalar kiritilgan) qabul qilingan. Bu röyxatda, birinçidan, ma'nan eskirgan kasblar bor. Klassifikatorning yangilangan versiyasida tor doiradagi kasblar ham kiritilgan. Buni tan oliş kerak. Ammo baribir ham bozor iqtisodiyoti şaroitidagi mehnat bozoriga moslaştirib qayta körib çiqiş zarur.
Ikkinçidan, kasblar röyxati rus tilida berilgan. Uning özbekça rasmiy matni yöq. Bu yerda til masalasi dolzarb bölib turibdi. Xuddiki özbek tilida kasblarning nomini yozib bölmaydigandek taassurot uyğonmoqda. Özbekiston aholisining asosiy qismi özbek tilida sözlaşadi-ku. Yoşlarimiz yurtimizda qanday lavozimlar borligini öz ona tilida biliş imkoniyatiga ega emaslar.
20-30 yildan keyin hozir amalda bölgan ayrim kasblarga ehtiyoj qolmaydi. Bu şiddat bilan rivojlanayotgan texnologiya natijasida yuzaga keladi. Işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalari töliq avtomatlaştirilayotgan bir paytda 20-30 yildan keyin inson resursiga, ba'zi kasblarga talab mutlaqo yöqoladi. Masalan, töliq avtomatlaştirilgan taksilar hayotga tatbiq etilsa, haydovçilarning keragi bölmaydi. Yoki huquqşunoslarni olaylik: ularning örnini bosuvçi robot yaratilgan va undan bemalol huquqiy maslahat olişingiz mumkin. Demak, bu kabi holatlar kelajakda köplab kasblar istiqbolini xavf ostiga qöyadi.
Mavzuga oid
Mehnat bozori va OTMlar örtasidagi aloqa juda açinarli. Oliygohlarning jahon reytingiga kirişi haqida köplab mulohazalar aytilyapti. Uşbu röyxatga kirişda iş beruvçilarning bitiruvçilar bilimi haqidagi fikri ham alohida ahamiyatga ega. Biz nega kuçli reytinglarga kirolmayapmiz? Bizda iş beruvçilar va OTMlar munosabatlarini tartibga soluvçi aniq mexanizm yöq. Sababi oliygohlarni tugatayotganlarning köpçilik qismi öz mutaxassisligi böyiça işlamaydi. Imkoniyati darajasida töğri kelgan joyda faoliyat olib boraveradi.
Undan taşqari, kadrlarni işga oliş tizimi ham tuşunarsiz. Bitta lavozimga A va B universitetidan nomzodlar bölsa, ular baravar olinadi. Bu oliygoh talabalari yaxşi öqitiladi, boşqasi sal pastroq darajada, degan tuşunçaning özi ham yöq. Qayerda öqiganligi ahamiyatsizga aylanib qolgan.
Bitiruvçilarni işga joylaştiriş monitoringi ham qoğozbozlikka tölib ketgan. OTMni tamomlayotganda uç tomonlama şartnoma imzolanmasa, diplom berilmaydi. Natijada, bitiruvçilarning işga joylaşganligi töğrisida soxta statistika tuziladi. Mana şu holatning özi ham mehnat bozori bilan integratsiya bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslanmaganligini körsatib turibdi.
2018 yilda Özbekistonda eng köp maoş tölanadigan kasblar röyxatini öqidim. Unda 20ta kasb berilgan bölsa, yarmi axborot texnologiyalari sohasi vakillaridan iborat. Bu kasblarga talab oşsa oşadiki, aslo kamaymaydi. Ularni egallaş uçun oliy ma'lumot ham talab etilmaydi. 3-6 oylik kurslarda öqişning özi yetadi. Moslaşuvçan kasblar sirasiga kirgani uçun talab ança baland böladi.
«Iş beruvçilarning fikri – XXI asr universitetlarining asosiy tamoyili bölişi kerak»
Azamat Akbarov («Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti birinçi prorektori):
– 2035 yilga borib dunyoda 70 foizga yaqin iş avtomatizatsiyaga ötadi. Yaqin kelajakda Özbekiston aholisi 40-42 millionga yetişini hisobga oladigan bölsak, mehnat bozorida kadrlarga ehtiyoj kengayadi. Bunda OTMlar raqobatbardoş öquv reja işlab çiqişlari kerak. Bitiruvçi talabalarimizga beradigan diplomimiz kamida ön yil öz kuçini yöqotmasligi kerak.
Zamon özgarib ketyapti, oliygohlar öz konsepsiyasini özgartiryapti. AQŞning Silikon vodiysi (maşhur texnologik kompaniyalar joylaşgan joy)ga borsangiz, 4 yillik diplom emas, axborot texnologiyalari böyiça oylik kurslar sertifikatining özi kifoya qilmoqda.
Özbekiston turizmi jadallik bilan ildamlab boryapti. Bu vaziyat sohada yetuk kadrlarga ehtiyojni paydo qiladi. Şuni anglagan holda, keyingi öquv yilidan boşlab universitetimizda respublikada ilk bor influyenserlik marketingi va sayohat jurnalistikasi mutaxassisliklarini oçmoqçimiz. Nima uçun? Ğarbda 18-35 yoşdagi insonlarning 70 foizi blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarda izohlarini öqib sayohat rejalarini tuzişarkan. Demak, ularning turizmga ta'siri juda katta.
Bizning universitetimizda imtihonlardan taşqari 14 hafta töliq öqiş davri hisoblanadi. Semestr mobaynida kamida 4 marta soha böyiça amaliyotçi mutaxassisni maşğulot ötişga taklif qiliş böyiça öqituvçilarimizga vazifa yuklaganmiz. Çunki maqsadimiz – universitet va mehnat bozori örtasidagi uzilgan riştalarni boğlaşdir.
Aksariyat bitiruvçi talabalar öz sohasida qanday yangiliklar bölayotganidan umuman xabari yöq. Bunday bölmasligi uçun iş beruvçilar bilan har semestrda kamida bir marta majlis ötkazmoqçimiz. Ulardan talabalarimizning salohiyati haqida söraymiz, öqitişda qanday kamçiliklarga yöl qöyayotganimiz böyiça fikrlaşamiz.
Iş beruvçilarning talab takliflarini örganib, öquv rejaga yangi fanlar kiritamiz, olib taşlaşimiz ham mumkin. Şunday ekan, iş beruvçilarning fikri XXI asr universitetlarining asosiy tamoyili bölişi kerak. Öquv rejalarimizni dunyo trendlariga, ya'ni kelajak kasblariga qarab özgartirişimiz kerak. Bunda bizga eng katta kömakçilar – iş beruvçilardir, çunki ular sohadagi barça özgarişlardan xabardor.
«Germaniyada maktab va boğça bolalari OTMlarga ekskursiya qilişadi»
Muhammadsaid Fatullayev (Germaniyadagi Schmalkaden amaliy bilimlar universiteti talabasi):
– Kelajakda IT sohasi böyiça tayyorlangan mutaxassislar talabgir böladi. Özbekiston şaroitida aytadigan bölsam, bizga axborot texnologiyalari endi kirib kelyapti. Şuning uçun bir neça ön yillardan keyin va hatto hozir ham dasturçilarga ehtiyoj yuqori örinda turadi.
Iqtisodçi, turizm boşqaruvçisi, xizmatlar sohasidagi mutaxassis boşqaruvçilar ham bizga juda kerak böladi. Ma'lumki, turizm rivojlanayotgan bir paytda bu sohani boşqaruvçi menejyerlarga ham talab ortadi. Raqamli iqtisodiyot ham sifatli kadrlarni qidirişga tuşadi. Inflatsiya, narx-navo, loyihalarni moliyalaştiriş, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş kabi masalalarni hal qiladigan mutaxassislarga muhtojmiz.
Mehnat bozori nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyoda sifatli dasturçilarga ehtiyoj sezmoqda. Xalqaro talaba sifatida şuni aytişim mumkinki, bank-moliya, xalqaro iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, xalqaro munosabatlar sohalarini örganiş davr talabiga aylanib boryapti.
Germaniyada yoşlarni kasbga yönaltiriş maktabdan, hatto boğçadan boşlanadi. Köp kuzatganman: bolalar universitetimizga tez-tez kelib turişadi. Murabbiylar öquvçilarga avtomobil maketlari, kiçik robotlarni körsatib taniştirişadi. Bu orqali ularda texnikaga qiziqiş hissini uyğotişga yordam beradi.
Germaniyada ta'lim bepul, iqtisodiyot barqaror. Şuning özi ham insonni xotirjam ta'lim olişga undaydi. Universitetimizda yirik kompaniyalarning böş iş örinlari körgazmalari taşkil etiladi. Bu amaliyot öqişni bitirmasdan turib işli bölişga yordam beradi. Köplab yoşlarga motivatsiya vazifasini ham ötaydi.
Hukumat proforiyentator vazifasini bajara olyaptimi?
Xurşida Maxmadaminova (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati şöba mudiri):
– Prezidentning 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3913-sonli qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tizimida bitiruvçilarni kasbga yönaltiriş şö'basi taşkil qilindi. Şö'ba tomonidan bir qator işlar qilindi, jumladan, örta maktab öquvçilarida turli kasblar töğrisida töğri va töliq ma'lumotlar oliş imkoniyatini yaratiş, ularni qiziqiş va qobiliyatlaridan kelib çiqqan holda mehnat bozoridagi talab yuqori bölgan kasblar tanlovini özlari amalga oşirişi uçun maktab öquvçilariga yordam körsatiş, ularda iş beruvçilar bilan töğri munosabat örnatiş, rezyumelar töldiriş jarayonlari bilan yaqindan taniştiriş uçun Toşkent viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridan tanlab olingan maktablar negizida maxsus situatsion xonalarni taşkil qiliş böyiça harakatlar boşlangan.
Vazirlikda işsizlarni kasbga öqitiş va kasbga yönaltiriş jarayoni bir-biriga boğliq holda hamda tizimli olib boriladi. Respublikaning 200ta tumanidagi Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga murojaat qilgan fuqarolarga markaz mutaxassislari tomonidan mavjud vakansiyalar, kasbga öqitiş jarayonlari, zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib çiqib iş beruvçilar tomonidan berilgan vakansiyalar va iş beruvçilar bilan tuzilgan şartnomaga köra kasb-hunarga öqitiladi.
Tabiiyki, qisqa muddatli öquv kurslarda hozirda talab eng yuqori bölgan kasblarga öqitilib, mehnat qonunçiligidan ham tuşunçalar beriladi. Aslini olganda, har bir işga joylaştiriş mutaxassisi eng avvalo proforiyentator sifatida suhbat qiladi, kasbga yönaltiradi va natijada fuqaroga mos keladigan bandlik xizmatini körsatadi.
Vazirlik Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va örta-maxsus ta'limi vazirligi bilan birgalikda, mehnat resurslari balansining prognoz parametrlari asosida, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari böyiça oliy va kasb-hunar ta'limi yönalişlari uçun mutaxassislar tayyorlaşda öz takliflarini beradi.
Yaqin kelajakda Özbekiston mehnat bozorida axborot texnologiyalari yönalişiga hamda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan turizm va xizmat körsatiş sohasi vakillariga, quriliş sohasi injyenerlariga, bundan taşqari zamonaviy mehnat bozoriga kirib kelgan yangi kasblar: qariyalarni parvarişlovçi, batler (uy boşqaruvçisi) kabi, qolaversa, yengil sanoat sohasi, ayniqsa, mahalliy xomaşyo va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş mutaxassislariga extiyoj ortadi, deb öylayman.
Ma'lumot örnida
UNICEFning maxsus loyihasi bölgan U-REPORT yoşlar platformasi 2019 yil 13 may kuni yoşlarni kasbga yönaltiriş böyiça sörovnoma ötkazdi. Unda 6300dan ortiq özbekistonlik yoşlar qatnaşdi. Respondentlarning fikriga köra, kasb tanlaşda quyidagi 4 omil ta'sir ötkazadi:
· şaxsiy qobiliyat (34%);
· kasbga muhabbat (20%);
· moliyaviy imkoniyatlar (20%);
· ota-onalar qarori (11%).
Iştirokçilarning 82 foizi yoşlarni kasbga yönaltiriş hukumat tomonidan taşkil qilinişi kerak, deb hisoblaşadi.