Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada qaysi kasblarda muhojirlar eng ko‘p ekani ma’lum qilindi
Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, muhojirlar eng ko‘p uchraydigan kasblar - payvandchi, oshpaz va qurilish sohasi mutaxassislari. Eng kam migrantlar va ularning farzandlari esa politsiyachi va qutqaruvchilar orasida.
2024 yil yakunlari bo‘yicha Germaniyada ishlayotgan aholining chorak qismidan ko‘prog‘i (26 foiz) muhojirlar va ularning avlodlaridan iborat bo‘ldi. Ayrim tarmoqlarda ularning ulushi taxminan yarimgacha yetadi, deb xabar berdi FRG Federal statistika idorasi chorshanba, 22 oktyabr kuni.
Statistik hisob-kitoblar 1950 yildan keyin o‘zi yoki ota-onasi Germaniyaga kelgan shaxslarni qamrab oldi. Ular eng ko‘p uchraydigan kasbiy yo‘nalishlar quyidagilar: payvandlash texnikasi (60 foiz), oshpazlik va oziq-ovqat ishlab chiqarish (54 foiz), qurilish uskunalarini o‘rnatish (48 foiz), jamoat transporti haydovchiligi (47 foiz), go‘shtni qayta ishlash (46 foiz), ovqatlanish muassasalarida xizmat ko‘rsatish (45 foiz).
Shu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa yetakchi sohalar: plastmassa va rezina ishlab chiqarish (44 foiz), mehmonxona biznesi (40 foiz), yuk mashinasi haydovchiligi (39 foiz), metallga qayta ishlov berish (37 foiz), qariyalarga qarash (33 foiz).
Muhojirlar va ularning avlodlari eng kam uchraydigan yo‘nalishlar: politsiya (7 foiz), tezkor-qutqaruv xizmati xodimlari (8 foiz), davlat va sug‘urta muassasalari xodimlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va yuristlar (har biri bo‘yicha 9 foiz), soliq inspeksiyasi xodimlari (10 foiz).
Ushbu ma’lumotlar 2024 yilda Germaniyada 15 yoshdan katta aholining 1 foizi ishtirokida o‘tkazilgan mikroso‘rovnoma asosida olingan. Bunda xonadoni yoki uyi bo‘lmagan, balki yotoqxona/ijtimoiy turar joylarda yashovchi shaxslar hisobga olinmagan. Shu sababli ko‘plab qochqinlar statistikaga kiritilmagan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026