Hukumat qarori bilan “Kasb va xorijiy tillarga öqitiş uçun vauçer beriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom işsizlar, şu jumladan, “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning işsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bölmagan iş qidirayotgan şaxslarni kasb va xorijiy tillarga öqitiş xarajatlarini vauçer asosida qoplab beriş tartibini belgilaydi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining ecosys.mehnat.uz tizimida vauçer asosida uşbu toifadagi şaxslarni öqitadigan ta’lim taşkilotlarining elektron reyestri yuritiladi.
Talabgor vauçer oliş uçun vazirlikning tuman (şahar) bölimlariga töğridan-töğri yoki mahallalardagi hokim yordamçilari orqali, şuningdek, ecosys.mehnat.uz tizimi orqali ariza bilan murojaat qilişi mumkin.
Talabgorga, birinçi navbatda, tuman (şahar) bölimlari tomonidan 1 kun muddatda uning mutaxassisligidan kelib çiqib, mavjud böş (vakant) iş örinlari taklif qilinadi.
Fuqaroning mutaxassisligi bölmaganda yoki taklif etilgan iş örni ma’qul kelmaganda, vauçer taqdim etiş masalasi körib çiqiladi.
Bunda talabgor ecosys.mehnat.uz tizimida skoringdan ötkaziladi va uning belgilangan toifalardan biriga kirişi aniqlansa, u vauçer oliş huquqiga ega böladi.
Talabgor vauçerdan 3 oy muddatda foydalanişi lozim.
Vauçer asosida kasb va xorijiy tillarni örganiş istagini bildirgan talabgor 1 marotaba bepul öqiş huquqiga ega.








