Prezidentning qayd etişiça, yaqin beş yilda mavjud kasblarning 30 foizi töliq avtomatlaştiriladi, 50 foizi böyiça esa yangi malakalar talab qilinadi. Şu bois mamlakat mehnat bozori kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlaştiradigan yagona mexanizm sifatida işlaşi zarurligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinişiça, yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangiça muhit olib kiriş böyiça beş yillik dastur tasdiqlangan. Unga muvofiq, 2026 yildan boşlab har yili kamida 100 tadan texnikum töliq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bölgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Şuningdek, Germaniya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Koreya kabi davlatlarning ilğor ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni 100 taga yetkazilişi rejalaştirilgan.

Prezident ta’kidlaganidek, 2026 yilda 7 ta viloyatda, 2027 yilda esa qolgan hududlarda Ilğor kasbiy mahorat texnikumi hamda “Kasblar şaharçasi” faoliyati yölga qöyiladi. 

Ilğor kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boşqa texnikumlar uçun metodik va amaliyot bazasi sifatida xizmat qilişi, “Kasblar şaharçasi” esa maktab öquvçilarini quriliş, servis, qişloq xöjaligi, sanoat, transport hamda “yaşil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yönaltirişga xizmat qilişi qayd etildi.