“Aloqabank” poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan klasterlar tashkil etadi

Foto: Aloqabank
Hozirgi kunda Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 9 oktabr kuni AT “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirilib, Toshkent chinni zavodi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, endilikda Respublikamizning Buxoro va Namangan viloyatlarida poyabzal klasterlari yaratish ustida ishlanmoqda.
2019 yil 14 oktyabrda poytaxtimiz Toshkent shahrida AT “Aloqabank” va Pekin universitetining Yangi tarkibiy iqtisodiyot instituti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida sanoat parklari, klasterlarning rivojlanishi va tarkibiy o‘zgarishlar” mavzusidagi xalqaro seminar tashkil etildi. Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan klasterlarni tashkil etishga qaratildi.
Ayni damda AT “Aloqabank” Pekin Universitetining Yangi tarkibiy iqtisodiyot instituti professori Lin Yifu boshchiligidagi “Xalqaro tahlil markazi” bilan hamkorlikda "O‘zbekistonda poyabzal klasterini yaratish uchun sanoat parklaridan foydalanish" qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirish uchun “Bunaf” MChJ tashkil etilgan. Ushbu korxonaning ta'sischilari - xususiy investor va AT “Aloqabank” qoshida tashkil etilgan "Aloqa Aktiv" MChJ investitsion kompaniyasi hisoblanadi.
Loyiha 4 bosqichga bo‘lingan bo‘lib, 1-2-bosqichlari O‘zbekiston va Xitoyda amalga oshirilgan. Ya'ni mamlakatimizning poyabzal ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish va Xitoy ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish ishlari olib borilgan. Hozirda 3-bosqich seminar tarzida o‘tkazilmoqda. Bu orqali ekspertlarning fikri o‘rganiladi. So‘nggi bosqichda esa loyihaga doimiy investitsiyalar jalb qilinishi kutilmoqda.
Namangan va Buxoro viloyatlarida xorijiy investitsiya asosidagi mazkur loyiha amalga oshirilganidan so‘ng 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish shuningdek, har yili 2,0 mln juft eksportbop oyoq qiyimlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Sayt: www.aloqabank.uz
Telegram: t.me/aloqabank.uz
Facebook: Facebook.com/aloqabank
Instagram: Instagram.com/aloqabank.uz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

19:00 / 19.09.2024
Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi

12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi

17:00 / 15.07.2024
AloqaBank 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya e’lon qildi

19:03 / 27.06.2024