Mehnat migrantlari orasida jinoiy tendensiyalarning şakllanişiga yöl qöymaslik kerak. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi, deb yozdi TASS.

Rossiya TIV rahbari Rossiyadagi mehnat migrantlari sonini kamaytiradigan çora-tadbirlar ikki tomonlama manfaatlarga javob bermasligini ta’kidladi. Lavrov bunga sabab sifatida mamlakatning rivojlaniş rejalariga ta’sir qiladigan «mehnat qöllarining» yetişmasligini körsatdi.

«Ammo muammoning ikkinçi qismi - Rossiya qonunlariga rioya qiliş va mehnat migrantlari örtasida jinoiy tendensiyalarning şakllanişiga yöl qöymaslik zarurati», deb qöşimça qildi vazir.

Uning ta’kidlaşiça, Rossiya Özbekistonni migrantlar örtasida terrorizm va jinoyatçilik xavfini minimallaştiriş «zarurligini töliq anglab yetgan» deb hisoblaydi.