Light | 22:47 / 18.10.2019
74416
9 daqiqa o‘qiladi

Dunyo haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirib yuboruvchi 30ta g‘aroyib foto

Daily Overview – Yer sayyorasi haqidagi odatiy tasavvurlarni o‘zgartiruvchi, sun'iy yo‘ldosh yordamida olingan g‘aroyib suratlarni namoyish  qilib boruvchi loyiha. Quyida ushbu loyiha tomonidan taqdim etilgan o‘ttizta sara suratni keltirib o‘tamiz.

1. Burtanj, Niderlandiya.

Burtanj – Niderlandiyadagi qishloq. Aholisi 430 kishidan iborat. Suratdagi yulduz shakli 1593 yilda Vilgelm I Oranskiyning Germaniya va Groningen shahri o‘rtasidagi yagona yo‘lni nazorat qilish istagi bilan qurilgan.

Burtanj 1960 yilda qayta tiklangan. Bugun bu qishloq – ochiq osmon ostidagi muzeydir.

2. Barselona, Ispaniya.

3. Tusondagi aviakosmik apparatlarni yangilash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish maydonchasi. Arizona shtati.

4. Markaziy park, Nyu-York. Park deyarli 340 gektar maydonni egallagan. Bu – Manhetten orolining 6 foizi qismi demak.

5. Buyuk Xitoy devori, mamlakatning shimoliy qismi.

6. Dezert Shors, Las-Vegas, Nevada shtati.

Las-Vegasdagi Dezert Shors mavzesi – 3351ta uy va to‘rtta sun'iy ko‘ldan iborat.

7. Yuba okrugidagi yangi suv ombori, Kaliforniya.

8. Killindagi aholi yashash mavzesi, Texas shtati.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2013 yilda AQShda 923 400 ta uy qurilgan.

9. Venetsiya, Italiya.

10. Uelvdagi uzumzorlar, Ispaniya.

Uzumzorlar Uelv tepaligida joylashgan. Bu yerdagi iqlim uzum yetishtirish uchun qulay – yillik o‘rtacha harorat 17 darajaga teng, nisbiy namlik – 60 foizdan 80 foizgacha.

11. Almeriyadagi issiqxonalar, Ispaniya.

Plastikmadaniyat – qishloq xo‘jaligida plastmassa materiallaridan foydalanish. Bu kabi issiqxonalarni Almeriyaning tekislik va vodiylarida uchratish mumkin. Ular deyarli 20 ming gektarni egallagan.

12. Durrat-al-Bahrayn, Bahrayn.

Durrat-al-Bahrayn – bir-biriga ulangan 15ta sun'iy orol.

13. Amazonkadagi tropik o‘rmonlarning kesilishi. Para shtati, Braziliya.

14. Nyuark-Elizabet dengiz terminali. Nyuark shahri, Nyu-Jyersi shtati, AQSh.

15. Boka-Raton shahri. Florida, AQSh.

16. Mesa shahridagi kurort. Arizona, AQSh.

17. Los-Anjyeles porti, Kaliforniya.

18. Puente-de-Valekas, Madrid, Ispaniya.

19. Qishloq xo‘jaligi ekinlari, Addis-Abeba, Efiopiya.

20. Almuden qabristoni, Madrid, Ispaniya.

Bu – dunyodagi yirik qabristonlardan biri. Qabrlar soni – jami 5 millionga yaqin, hozirgi Madrid aholisidan ko‘proq. 

21. Palma oroli / Gibiskus oroli, Mayami-Bich, Florida shtati.

Mayami-Bichda joylashgan ikkita sun'iy orol. Aholi yashaydigan mazkur rayonlar shahardagi eng qimmat joylardan biri bo‘lsa ham, to‘fon yuz berganida ular bu yerdan birinchilardan bo‘lib evakuatsiya qilinadi.

22. Yuk tashish temir yo‘l stansiyasi, Atlanta, Jorjiya shtati.

Norfolk janubiy temir yo‘li 22 shtatdagi 34 279 km masofada, asosan AQShning janubi-sharqida xizmat ko‘rsatadi. Jorjiya shtatidagi Atlantada joylashgan bu stansiya eng yiriklaridan biri: unda 3 648ta lokomotiv va 79 082ta tovar vagonlari ro‘yxatga olingan.

23. Murakkab transport bog‘lamasi (A-3 va M-50), Madrid, Ispaniya.

A-3 va M-50 shossesi Madridning janubi-sharqida murakkab «ilgakka» birikadi. Ana shu bog‘lamlarning bari bu yerda «spagetti» deb ataladi.

24. Loksaxatachidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari. Florida, AQSh.

25. Brondbyu, Daniya.

26. Guruch dalalari. Yunnan provinsiyasi, Xitoy.

1300 yildan buyon xani xalqi tog‘ yonbag‘irlaridagi g‘aroyib dalalarda guruch yetishtirib kelmoqda.

27. El-Dorado milliy o‘rmonida daraxtlarning kesilishi. Jorjtaun, Kaliforniya shtati.

8 gektardagi daraxtlar kesib bo‘lingan.

28. Edson, Kanzas, AQSh.

29. Aylana shaklidagi sug‘orish dalalari, Xail, Saudiya Arabistoni.

Aylanuvchi minoralarga o‘rnatilgan suvpurkagichlar suvni dala bo‘ylab bir xil taqsimlab, hosilni yuvganida suratdagidek naqshlar paydo bo‘ladi.

30. Yyellouston milliy parki, Vayoming shtati, AQSh.

Palma plantatsiyalari Kuala-Lumpur shahrini o‘rab turadi, Malayziya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Palm tree plantations surround the city of Kuala Lumpur, Malaysia. The trees are cultivated in terraces cut into the contours of hills, to avoid erosion caused by streaming water. Malaysia is now one of the world’s largest exporters of palm oil – used primarily as a cooking ingredient – shipping nearly 18 million tonnes per year. The rapid expansion of palm oil plantations in the world’s tropical regions is becoming an increasingly significant source of carbon emissions. Clearing the native trees to make space for the palms is projected to add more than 558 million tonnes of carbon dioxide into the atmosphere by 2020 – an amount greater than all of Canada’s current fossil fuel emissions. /// Created by @benjaminrgrant, source imagery: @digitalglobe

Publikatsiya ot Daily Overview (@dailyoverview)

Sagrada-Familiya ibodatxonasi, Barselona, Ispaniya.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Palm tree plantations surround the city of Kuala Lumpur, Malaysia. The trees are cultivated in terraces cut into the contours of hills, to avoid erosion caused by streaming water. Malaysia is now one of the world’s largest exporters of palm oil – used primarily as a cooking ingredient – shipping nearly 18 million tonnes per year. The rapid expansion of palm oil plantations in the world’s tropical regions is becoming an increasingly significant source of carbon emissions. Clearing the native trees to make space for the palms is projected to add more than 558 million tonnes of carbon dioxide into the atmosphere by 2020 – an amount greater than all of Canada’s current fossil fuel emissions. /// Created by @benjaminrgrant, source imagery: @digitalglobe

Publikatsiya ot Daily Overview (@dailyoverview)

Nyu-Hempshirda kuz fasli, AQSh.

London, Buyuk Britaniya.

Al-Falah mavzesi, Abu-Dabi, BAA.

Mavzuga oid