Özbekistonda yöl harakati qatnaşçilariga YPX xodimining öz xizmat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz tarqatmaslik majburiyati yuklatilişi mumkin.

Içki işlar vazirligi şuni nazarda tutuvçi hukumat qarori loyihasini işlab çiqdi. Loyiha 29 martgaça davom etadigan jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Tuşuntiriş xatida yozilişiça, hujjat loyihasi prezidentning “Içki işlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida” 2022 yil 8 fevraldagi PQ–118-son qarori 4-bandiga muvofiq işlab çiqilgan.

Mazkur qaror oçiq manbalarda yöq; xususan, lex.uz milliy axborot bazasiga ham joylanmagan.

Muhokamaga qöyilgan hukumat qarori loyihasining izohida qayd etilişiça, 118-sonli qarorning 4-bandida 3 oy muddatda huquq-tartibot organlari xodimlarining öz xizmat vazifasini bajariş çoğida olingan video va fototasvirlarni ularning ruxsatisiz töğridan töğri internet tarmoğiga joylaştirişni taqiqlaş hamda bunday xatti-harakat uçun javobgarlikni belgilaş böyiça takliflar kiritiş vazifasi belgilangan.