Muhokama yakunlandi. Jamoatçilik tanqidiga uçragan hukumat qarori loyihasining taqdiri nima böladi?
|13:35 / 31.03.202240 5879 min
Yöl-patrul xizmati xodimlarini videotasvirga oliş va ularni tarqatişni taqiqlaşga oid hukumat qarori loyihasi muhokamasi 29 mart kuni yakunlandi. Xöş, IIV taşabbusi bilan işlab çiqilgan uşbu hujjat e’tirozlarga qaramay qabul qilinadimi yoki jamoatçilik fikri inobatga olinib bu taklifdan voz keçiladimi?
Keling, gap nima haqida ketayotganiga ikki oğiz töxtalsak. Ma’lumki, amaldagi qonunçilikka köra xizmat vazifasini bajarayotgan içki işlar organlari xodimlari, şu jumladan, yöl-patrul xizmati inspektorlarini video yoki fototasvirga oliş va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylaşga heç qanday çeklov ham, javobgarlik ham yöq. Buni avvalroq içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov ham tasdiqlagandi.
IIV tomonidan taklif etilgan loyihada esa xizmat vazifalarini bajarayotgan yöl-patrul xizmati xodimining foto va videotasvirlarini uning ruxsatisiz internetga joylaştirmaslik közda tutilgan. Xöş, Içki işlar vazirligiga bunday taşabbus bilan çiqiş nima uçun kerak bölib qoldi?
Vazirlik axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov bu zaruratni yöl harakati xavfsizligi xodimlari faoliyatini salbiy böyoqlarda yoritiş orqali daromad topişni kasb qilib olgan ijtimoiy tarmoq faollari, jumladan, avtoblogerlar tomonidan keyingi paytda tekşirilmagan, noxolis va hatto yolğon ma’lumotlar tarqatilayotgani, buning oqibatida esa asl haqiqatdan bexabar internet foydalanuvçilari Yöl patrul xizmati xodimlarini kamsituvçi haqoratomuz izohlar yozib qoldirişayotgani, buning ortidan içki işlar organi xodimining qadr-qimmati toptalayotgani bilan izohlangan.
Ğiyosovga köra, internetda tarqalgan video asossiz ekani ma’lum bölganidan söng aksariyat holatda Yöl patrul xizmati xodimini obrösizlantiruvçi materialni tarqatganlar videoni öçirişmaydi, şuningdek, biryoqlama, rasmiy idoralardan izoh olmay turib tarqatilgan videolarga yozib qoldirilgan izohlar ham yillar davomida saqlanib qoladi, bundan esa nafaqat xodimning özi, balki yaqinlari ham ruhan eziladi. Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan voqea aslida boşqaça bölgani ma’lum bölganidan keyin ham heç kim inspektor va uning yaqinlaridan uzr söramaydi.
Tan oliş kerak, internetda asossiz ma’lumot tarqatuvçilar köp. Xususan, Yöl patrul xizmat xodimlari va haydovçilar örtasidagi tortişuvlarni dahşatli sarlavhalar bilan internetga joylaydiganlar, hattoki, videolarni kesib, uni körgan odamni junbişga keltiradigan şaklda montaj qilib tarqatayotganlar ham talaygina.
Ta’bir joiz bölsa, maktab körmagan, axborot tarqatişning mas’uliyatini his qilmaydigan, sohaga oid qonunlarda huquqlar bilan birga majburiyatlar ham belgilab qöyilganidan bexabar bunday kimsalarni oqlab bölmaydi. Lekin amaldagi qonunlarimizda yolğon axborot tarqatganlik, tuhmat qilganlik, ijtimoiy tarmoq yoki OAV orqali tekşirilmagan axborot tarqatiş natijasida boşqa birovning şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obröyiga putur yetkazganlik uçun tegişli javobgarlik belgilangan.
Başarti YPX xodimlari şu darajada yolğon axborot qurboniga aylanayotgan ekan, qonunga zid ma’lumot tarqatayotganlarni sud orqali javobgarlikka torttirişga kim xalal bermoqda?
Qolaversa, YPX xodimlarini obrösizlantirişga uringan şaxslar tegişli jazosini olganligi holatlari ham bor. Içki işlar xodimlarini “ment” deb atagani uçun avtobloger Bobur Ğaniyev sud qarori bilan 15 sutkaga qamalgan edi.
Agar Içki işlar vazirligi tomonidan taklif etilayotgan norma kuçga kirgudek bölsa, YPX xodimlari özlarini tasvirga olişlariga butkul qarşi çiqişlari, bu esa ularning faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini yöqqa çiqarişi mumkin. Şuning uçun ham hukumat qarori loyihasiga qarşi çiqqan blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faollar bu harakatni “yopiqlik tomon taşlangan qadam” deb ataşmoqda.
2021 yilning may oyida Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida IIBning xizmat maşinasi tuman markazidagi asosiy köçaga çiquvçi mahalla yölini sababsiz tösib töxtagan, yölga çiqa olmay qolgan haydovçi signal bergaç, YHXB boşliği kelib uning maşinasini jarima maydoniga joylaştiriş haqida xodimiga topşiriq bergandi.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan söng tarmoq foydalanuvçilari tomonidan Paxtaçi tuman IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayevning xatti-harakatlari keng muhokamalarga sabab bölgan, natijada Maqsud Toğayev hamda uning qonunga zid topşiriğini bajargan inspektorga nisbatan çora körilgandi.
Agar taklif etilayotgan loyiha şu tarzda tasdiqlangudek bölsa, bu kabi holatlarda videoni tarqatişdan oldin YHXX xodimidan ruxsat söraş kerak böladi. Tabiiyki, u bunga rozi bölmaydi va jamoatçilik tizimdagi qonunbuzarliklardan bexabar qolaveradi.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov hukumat qarori loyihasiga nisbatan blogerlar va internet faollarining tanqidlariga munosabat bildirarkan, 2021 yilda ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar organlari faoliyati bilan boğliq 707 ta salbiy axborot tarqatilgan bölsa, tekşiriş natijasiga köra, ularning bor-yöği 55 tasi öz tasdiğini topganini oçiqlagandi.
Darhaqiqat, 707 ta holatdan 55 ta holat tasdiqlangani 10 foizlik ham körsatkiç emas. Biroq agar mana şu videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmaganda, yopiqlik qozon yopiqligiça qolib ketmasmidi? Kim ham tizimga “minus” böladigan axborotni oçiqlardi deysiz? Heç qaysi davlat organining axborot xizmati bunday yöl tutmasa kerak. Aynan jamoatçilik nazoratining mahsuli ölaroq şunça qonunga zid holat aniqlanganining özi ham YPX xodimlarini tasvirga olişni çeklaş mantiqsiz ekanini körsatib turibdi.
Uzoqqa bormaylik, yaqindagina Namangan viloyatida YHXB xodimi avtomaşinasidan tuşişni istamagan haydovçiga elektroşoker qöllagani aks etgan video tarqaldi. Holatga munosabat bildirgan viloyat IIB axborot xizmati bunga oddiy holat sifatida munosabatda bölganini köriş mumkin. Rasmiy bayonotga işonilsa, haydovçi şantajçi, qonunbuzar, inspektor esa farişta.
Vaholanki, xodim bu harakatlari bilan amaldagi qonun talablarini qöpol ravişda buzgani ma’lum böldi. Kun.uz’ning IIVdagi manbasi xizmatga oid tegişli buyruqda YPX xodimi uşbu holatda elektroşoker qöllaşga haqli bölmagani, u faqat faol qarşilik paytida qöllanişi mumkinligi belgilanganini bildirdi. Içki işlar organlari töğrisida qonunda ham şu mazmundagi norma bor.
Internet faollarining ta’kidlaşiça, Içki işlar vazirligining bunday taşabbus bilan çiqişiga sabab soha qonun-qoidalarini yaxşi bilmaydigan, öz işining mutaxassisi bölmagan, korrupsiyaga moyil YPX xodimlari ham borligidir. Fuqarolar tomonidan tarqatilayotgan videolar orqali ularning malakasizligi va qonunga zid harakatlari foş bölib qolmoqda.
“Ayrim paytda unvoni va lavozimi yuqori YPX xodimlari ham haydovçilar bilan munosabatda xatoga yöl qöyib, buning ortidan izza bölib qolayotganining guvohi bölyapmiz. Qolaversa, xodimlar xizmat vakolatlaridan çetga çiqib, fuqarolarga kuç va tazyiq ötkazayotgan holatlar aks etgan videolar ham çiqib ketmoqda. Şu sababli IIV YPX xodimlarini videoga olişni taqiqlaş orqali tizim obröyini saqlaşga urinmoqda, nazarimda”, deydi bloger Sarvar Qurbonov.
Rasmiylar bugungi kunda barça yöl-patrul xizmati xodimlari bodikameralar bilan ta’minlangani, agar fuqaro va inspektor örtasida qandaydir nizo yuzaga keladigan bölsa yoki xodim vakolatlari doirasidan çetga çiqsa, bunga bodikamera yozuvlari orqali aniqlik kiritiş mumkinligini dastak qilib körsatişlari ham mumkin. Biroq inspektorlarning işlamayotgan bodikameralar bilan yurgani tasdiqlangan qator holatlar aniqlangan, qolaversa, bodikamera tasvirlari heç qaçon ommaga boriça namoyiş etilmaydi. Buni Kattaqörğonda YPX xodimlari soliqçining ölimiga sababçi bölgan holat misolida hammamiz körib, guvohi böldik. IIV tomonidan tarqatilgan dastlabki axborotda bodikameralar yozib olgan tasvirlar montaj qilinib tarqatilgani, faqat suddagina voqea aslida qanday röy bergani oydinlaşdi.
Hozirça aytmoqçi bölganlarimiz şular. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöyişdan maqsad fuqarolarning munosabatini biliş va şunga qarab qaror qabul qilişga qaratilgan. Şunday ekan, minglab e’tirozlarga sabab bölgan hukumat qarori loyiha qabul qilinadimi yoki jamoatçilikning fikrlari inobatga olinib, taklif rad etiladimi, buni vaqt körsatadi.
Jamşid Niyozov
Tasvirçi va montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi