O‘zbekiston | 18:57 / 18.10.2019
5602
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro huquqshunos: «Islohotlar to‘xtamay davom etishi kerak»

Bugun, 18 oktabr kuni Toshkent shahrida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan «English Law Day in Tashkent» («Toshkentda ingliz huquqi») xalqaro konferensiyasining ikkinchi kuni o‘tkazildi.

Fieldfisher xalqaro yuridik firmasi hamkori Nodir Sidiqov Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.

«Ingliz huquqini kapital bozorida, ikki tomonlama iqtisodiy bitimlarda qo‘llash masalasining bir necha usullari mavjud. Konvergatsiya usuli bilan bo‘lar balki. Masalan, poytaxtda xalqaro iqtisodiy markaz tashkil qilinar. Yana bir usuli - erkin iqtisodiy zonada joylashgan tadbirkorlarga ingliz huquqini qo‘llashga ruxsat berishdir. Ingliz huquqini bu sohada ishlatish juda ham qulaydir. Biz islohotlarni to‘xtatmasligimiz kerak. Bu yo‘ldan Germaniya va Fransiya kabi davlatlar ham o‘tgan. Ular bu tizimni ko‘rib, yaxshi tomonlarini olishgan va o‘zlariga kiritishgan. Bu bo‘yicha nafaqat qonunlarni ishlab chiqish, balki yuridik mutaxassislarga treninglar o‘tish, odamlarga tushuntirish kerak. Buning eng asosiy sababi – investitsiya kiritishdir. Bu investorlarga qulaylik yaratish bo‘ladi. Ularning oldida bu yana bitta to‘siqni olish bo‘ladi. Bu tizim qanday kontrakt tuziladi, qanday ishlar olib boriladi – hammasini tartibga soladi.

Bizning mamlakatga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan qulay normalar mavjud. Masalan, kompaniya tashkil qilish shartlari. Ustav yoki ta'sis shartnomalari aniq formati bo‘lib, unda chapga o‘ngga yura olmaysiz. Ingliz huquqida esa kompaniya tuzish bo‘yicha shartnomadagi shartlar juda erkin. Masalan, dastlabki ikki yilda men dividend olaman, chunki men ko‘proq pul tikyapman, deyishi mumkin. Bizda esa unaqa erkin qoidalar yo‘q», – deydi xalqaro yuridik firma vakili.

Mavzuga oid