Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston saylov komissiyasi prezident saylovining dastlabki natijasini e'lon qila olmadi
Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi (MSK) raisi Havo Allam Nuristoniy prezident saylovining dastlabki natijasini belgilangan muddatda e'lon qila olmasligini bildirib uzr so‘radi.
Avvalroq MSK sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovning dastlabki natijasi 19 oktyabrda, yakuniy natijasi 7 noyabrda e'lon qilinishini bildirgandi.
Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Nuristoniy komissiya texnik sabablar bois natijani belgilangan muddatda aniqlay olmaganini ma'lum qildi.
Afg‘onistonda 28 sentyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 15 nafar nomzod, jumladan, amaldagi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda bosh vazir Abdulla Abdulla ishtirok etgandi.
Bu 2001 yildan buyon Afg‘onistonda o‘tkazilgan to‘rtinchi prezident saylovi bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026