Uruş içida qolgan Suriyada ular hokimiyatni desentralizatsiya tamoyillari asosida (markazlaşgan sistemadan markazlaşmagan sistemaga ötiş), feminizm, ekologiya va ijtimoiy adolat qorişmasidagi mafkura ta'siridagi muxtoriyat tuzişga harakat qilişmoqda.

Bi-bi-si Suriya kurdlari - Yaqin Şarqdagi davlatlar örtasida bölib olingan 30 millionlik xalqning ilğor vakillari haqida hikoya qiladi.

Kurdlar kim?

Iroqning Sulaymoniya şahridagi kurd erkaklari / AFP

Kurdlar - hind-yevropa etnosi, ularning tarixiy vatani Kurdiston hozirgi Iroq, Eron, Suriya va Turkiyaning toğli hududlarida joylaşgan.

Bu hududlarda bugungi kunda jami 30 mln nafar atrofida kurdlar yaşaydi, bu soni böyiça Yaqin Şarqdagi törtinçi eng yirik xalq, mintaqaning öz davlatiga ega bölmagan eng yirik xalqi.

Ular nima uçun kuraşadi?

Kurdlarning aksar qismi - sunniy mazhabiga e'tiqod qiluvçi musulmonlardir, şu bilan birga ularning orasida boşqa mazhablar ham keng tarqalgan.

Şu jumladan, yezidlar - köplab dinlarning elementlari qorişgan e'tiqod.

Bu sinkretik e'tiqod izdoşlari asrlar davomida «iblisga siğinuvçilar» sifatida ta'qib qilib kelingan, musulmon kurdlar tomonidan ham.

Nega kurdlarning öz davlati yöq?

XX asr boşida Yevropadagi derjavalar (superqudratli davlatlar) Usmonlilar imperiyasi hududida mustaqil Kurdiston davlatini tuzişni rejalaştirişgandi. Ammo bu ğoya amalga oşmay qolgan.

AQŞning Tel-Avivdagi elçixonasi oldidagi namoyiş vaqtida kötarilgan kurdlar bayroği / Reuters

Hozirda kurdlar yagona davlat uçun emas, mavjud davlatlar içidagi muxtoriyat uçun kuraşişadi. Suriyada ham, Turkiyada ham kurdlar Iroqdagi millatdoşlari kabi (bu davlatdagi Iroq Kurdistoni muxtoriyati yangi konstitutsiya böyiça keng vakolatlar bilan ta'minlangan) öz özini boşqaruvçi hudud maqomini olişni istaşadi.