Dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan va qurğoqçilik hukm suruvçi bu mamlakat Tanzaniya, Ruanda va Kongo bilan çegaradoş. Bu yerda ajablanişga sabab böluvçi heç qanday tabiiy boyliklar ham, tabiat in'omlari ham yöq. Qaçonlardir bor bölganlari inson omili natijasida boy berilgan. Aholisi — 12 mln kişi. Asosiy xalqi — xutu, tutsi, lingala va tva.

Tarixi

Yevropaning missionerlari bu yerlarga ilk marta XIX asrning sönggi yillarida kirib borgan bölsa,  u vaqtgaça Burundi mustaqillik qirollik sifatida qariyb 200 yil davomida mavjud bölgan. Ammo XX asr boşlarida bu hudud Germaniya tomonidan koloniyaga aylantiriladi, Birinçi jahon uruşidan keyin esa Belgiya qöliga ötadi. Mustamlakaçilar uşbu mamlakatni qöşni Ruanda bilan yagona qaram ölka sifatida birlaştirişga köp urinişadi. Davlat 1962 yilda mustaqillikni qölga kiritganda dastlab monarxiya sifatida boşqariladi, ammo töntarişlar, zöravonliklar va mintaqaviy nomutanosiblik 1966 yilda yakka partiyali respublika şakllanişiga olib keladi. Ötgan asrning yetmişinçi va töqsoninçi yillarda fuqarolar uruşi va genotsid röy bergan.

Fransuz tili rasmiy maqomga ega, ammo amaliyotda juda kam sonli odam bu tilda gapira oladi. Şuningdek, til bu yerda kuçli özgarişlarga uçragan, haqiqiy fransuzlarning öz tilini mahalliy aholi talaffuzida tuşunib olişi oson bölmaydi.

Qaşşoqlik, infrastrukturaning yomonligi, ta'lim va soğliqni saqlaş tizimi çeklanganligi, töyib ovqatlanmaslik, siyosiy beqarorlik va işsizlik burundiliklar duç keladigan asosiy muammolar hisoblanadi. Mahalliy aholining yarmidan köpi mutlaq qaşşoqlikda yaşab kelmoqda. 2018 yilda Jahon baxt hisobotiga köra, Burundi aholisi sayyoramizning eng baxsiz odamlari deb tan olingan.

Faktlar

Poytaxt Bujumburadan Gitegaga köçirilgan

2019 yil yanvar oyida Burundi parlamenti urbanizatsiya va infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida poytaxtni Bujumbura şahridan Gitegaga köçiriş uçun ovoz berdi. Bujumbura mustaqillikka erişilgan davrdan beri poytaxt bölib kelgan. Poytaxtni özgartiriş haqida birinçi marta 2007 yilda prezident Per Nkurunziza taklif kiritgandi. Ma'lumot uçun, Bujumbura sözi «kartoşka sotiluvçi bozor» tarjimasini beradi.

Davlat budjetining deyarli 6 foizi mudofaa uçun sarflanadi. Hukumat buni mintaqadagi vaziyat beqarorligi bilan izohlaydi.