O‘zbekistonning “eng boy” va “eng kambag‘al” hududlari o‘rtasidagi daromadlar farqi 3,6 barobarga yetdi. Bu – vaziyat “sog‘lom va tabiiy” tafovut darajasidan chiqib, xavotirli bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi. Xo‘sh, bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

Hududlar kesimida daromadlarning o‘sishi

2018 yildan 2025 yilgacha – 7 yil ichida Toshkent shahrida aholi jon boshiga umumiy daromadlar nominal hisobda 4,5 barobarga yoki 16,2 mln so‘mdan 73,9 mln so‘mgacha ko‘paygan. Bu davrda respublikaning boshqa hech bir hududida 4 barobar o‘sish kuzatilmagan. Poytaxtdan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan – 3,6 barobar. Eng kichik o‘sish Jizzax viloyatida kuzatilgan – 2,9 barobar.

https://datawrapper.dwcdn.net/9sMPj/4/

Agar 2018 yilda Toshkent shahrida jon boshiga umumiy daromadlar keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega Navoiy viloyatidan 16,5 foizga ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilning yakunida bu ko‘rsatkich qariyb 40 foizga yetgan.

Shuningdek, “eng boy” va “eng kambag‘al” hududlar o‘rtasidagi tafovut ham sezilarli kengayganini ko‘rish mumkin:

  • 2018 yil: 2,6 barobar farq (Toshkent shahri – 16,2 mln / “eng kambag‘al” hudud – 6,3 mln so‘m);
  • 2020 yil: 2,7 barobar (Toshkent – 23,5 mln / “eng kambag‘al” hudud – 8,7 mln so‘m);
  • 2023 yil: 3 barobar (Toshkent – 44,4 mln / “eng kambag‘al” hudud – 14,6 mln so‘m;
  • 2025 yil: 3,6 barobar