Ma’lumotlarga ko‘ra, kambag‘allik darajasini hisoblash metodologiyasi Jahon banki tavsiyasi asosida 16 mingta uy xo‘jaligi budjetini o‘rganish orqali amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, kambag‘allik dinamikasida izchil pasayish kuzatilgan: 2023 yil — 14 foizdan 11 foizga, 2024 yil — 8,9 foiz, 2025 yil — 5,8 foiz. Natijada 2025 yilda 302 ming oila kambag‘allik holatidan chiqarilgan. Kambag‘allik darajasining qisqarishi barcha hududlarda qayd etilgan.

Eng yuqori ijobiy natijalar qator hududlarda kuzatilgan: Jizzax (11,8 foiz → 5,8 foiz), Xorazm (11,9 foiz → 6,7 foiz), Sirdaryo (11,3 foiz → 6,2 foiz), Qoraqalpog‘iston (10,8 foiz → 6,6 foiz), Toshkent shahri (7,3 foiz → 3,5 foiz).

Shuningdek, kambag‘allik darajasi shaharlarda ko‘proq qisqarib, 5,2 foiz (2024 yilda — 8,6 foiz), qishloq hududlarida esa 6,4 foiz (2024 yilda — 9,2 foiz)ni tashkil etgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada kambag‘al aholi soni 2,2 million nafar. Kambag‘allikning pasayishi bandlikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining iqtisodiy faolligini kengaytirishga qaratilgan islohotlar samarasi ekani bilan izohlanadi.