Bekoboddagi san'at maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal haqida rasmiy ma'lumot berildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan san'at maktabining to‘rt qiz va bir yigit talabasi bir qizni urib, tan jarohati yetkazgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumot berishicha, joriy yilning sentabr oyidan buyon ijtimoiy tarmoq orqali tanish bo‘lgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan 11-sonli ixtisoslashtirilgan san'at maktabining 2003 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizlari M.A. va D.Z. o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib turgan.
Kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, D.Z. tanishlari bilan M.A.ni maktab hovlisining holi hududiga chaqiradi, ular gap talashib qolishadi. So‘ng ular o‘zaro janjallashib ketishgan. D.Z. M.A.ni bir-ikki marotaba urib, turtib yuborgan vaqtida M.A. muvozanatini yo‘qotib, beton qoplamaga peshonasining chakka qismi bilan yiqilgan. Ushbu holatda D.Z.ning tanishlari ularni ajratishgan.
Yiqilib tan jarohati olgan M.A. tanishi bilan Bekobod shahar Markaziy shifoxonasiga borgan.
Shundan so‘ng, 21 sentabr kuni M.A.ning dugonasi 2004 yilda tug‘ilgan N.M. uni shifoxonaga ko‘rgani borib, M.A.ning noroziligiga qaramasdan ijtimoiy tarmoq orqali D.Z. va uning tanishi bo‘lgan qizning fotosuratlarini “Qidirilmoqda” izohi bilan tarqatgan hamda shaharning jamoat joylari peshtaxtalariga yopishtirgan.
Holat yuzasidan D.Z.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasida (“Qasddan badanga yengil shikast yetkazish”) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, D.Z. voyaga yetmaganligi uchun Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq D.Z. hamda N.M.ning onalariga nisbatan, farzandlarini tarbiyalash va ta'lim berish borasidagi majburiyatini yetarli bajarmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan, to‘plangan hujjatlar shahar hokimligi qoshidagi “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi”ga yuborilgan, deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
11:30 / 01.11.2024
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:34 / 04.07.2024