Sport | 23:03 / 22.10.2019
5734
2 daqiqa o‘qiladi

Parijda 2024 yilgi Olimpiada logotipi taqdim qilindi

Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiadaning logotipi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U o‘zida uchta ramz – medal, Olimpiya mash'alasi va eng taniluvchi fransuz ayoli siymosini o‘zida birlashtirgan.

Bir qarashda logotip oq rangdagi alanga tasviriga ega dumaloq oltin medalni ifodalaydi. Biroq boshqacha talqinda unda ayolning yuzi va malla sochlarini ko‘rish mumkin. Bu siymo Fransiyaning ramzlaridan biri va  “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik” milliy shiorining timsoli hisoblangan Mariannaning yuzidir.

“Medal, olov, Marianna. Parijdagi 2024 yilgi Olimpiada va Paralimpiadaning yangi yuzi”, deb ma'lum qilingan Olimpiada tashkiliy qo‘mitasida.

“Medallardan eng chiroylisining shakli va rangiga ega logotip sportning bosh qadriyatlaridan biri – mukammallikka intilishni ifodalaydi. Olimpiya va Paralimpiya mash'alasi hamisha o‘ziga xos xotiralarni eslatadi. Alanga bizni orzu qilishga, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini tashkillashtirishning yangi usullarini izlashga chorlaydi. Va nihoyat, Marianna. Emblema butun dunyoga mashhur fransuz milliy ramzi bo‘lgan ayolga hurmat bajo keltirishdir”, deyilgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi saytida.

Tarixda birinchi marta Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining emblemasi bir xil bo‘ladi.

2024 yilgi Olimpiada Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha, Paralimpiada esa 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid