2020 yilda sayohatlar uchun eng yaxshi davlatlar va shaharlar ma'lum qilindi
Butan qirolligi 2020 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar reytingiga yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Lonely Planet sayyohlik portalining har yillik tadqiqotida ma'lum qilingan.
“Bu Himoloy jannatining mitti bo‘lagi tashrif buyuruvchilarga gard tegmagan tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab atrof-muhit bilan uyg‘unlikda bo‘la oladigan odamlar hamrohligida sayr qilishga imkon beradi”, deb ta'riflangan Butan portal ekspertlari tomonidan.
Keyingi o‘rinlarni Angliya, Shimoliy Makedoniya, Karib dengizi janubidagi Aruba orol davlati va Janubiy Afrikadagi Esvatini qirolligi (Svazilend) egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Kosta-Rika, Niderlandiya, Liberiya, Marokash va Urugvay kiritilgan.
Ta'kidlash joiz, portal sayohat uchun eng yaxshi mintaqa sifatida Markaziy Osiyoni e'tirof etgan.
Shuningdek, Avstriyaning Zalsburgi 2020 yilda sayohat uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. Keyingi o‘rinlarni Vashinton (AQSh), Qohira (Misr) egallagan.
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024
Amerikalik ayol bor mulkini sotib, orzusidagi sayohatga chipta olgandi. Ammo unga kemaga chiqish taqiqlandi
16:26 / 08.10.2024