Sönggi yillarda köplab rivojlangan davlatlar iş haftasini qisqartirişga intilmoqda. Biroq dunyoda şunday mamlakatlar borki, u yerda odamlar örtaça hisobda haftasiga 45, hatto 50 soatdan ortiq işlaydi.

“Eng mehnatkaş” mamlakatlar reytingida birinçi örinni Butan egalladi. U yerda odamlar örtaça haftasiga 54,7 soat işlaydi. Bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Aholining katta qismi qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi kabi mehnattalab sohalarda mehnat qiladi.

Şunga öxşaş holat Lesotoda ham kuzatiladi. U yerda aholi örtaça hisobda haftasiga qariyb 50 soat işlaydi. Bu mamlakat iqtisodiyoti ham qişloq xöjaligi va qöl mehnatiga tayanadi.

Uçinçi örinni San-Tome va Prinsipi egallagan — bu Afrika sohillari yaqinidagi Gvineya qöltiğida joylaşgan şu nomli arxipelagdagi davlatdir. Uning aholisi örtaça hisobda 49 soat işlaydi. Top-5likka, şuningdek, Kongo Respublikasi va Iordaniya ham kirgan.

Infografikaga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati Osiyo yoki Afrikada joylaşgan. Bu hududlarda iqtisodiyotda köpinça mehnattalab tarmoqlar ustunlik qiladi. Uzoq iş haftasi odatda avtomatlaştiriş darajasining pastligi va xodimlar huquqlari himoyasining kuçsizligi bilan boğliq böladi.

Iş haftasi qisqa bölgan har bir mamlakat ham farovon degani emas. Masalan, eng kam soat işlaydigan mamlakatlar top-5ligiga Norvegiya ham, Yaman ham kirgan.