Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyadagi harbiy amaliyotdan maqsad nima ekanini ma'lum qildi
Turkiya Suriya shimolidagi harbiy amaliyot davomida hududni jangarilardan tozalash uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
“Jangarilardan tozalangan hududlarda bir millionga yaqin suriyalik joylashtiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti “Tinchlik bulog‘i” haqida gapira turib, Anqaraga birovning yeri kerakmasligini aytgan.
“Suriyaning hududiy va iqtisodiy yaxlitligini saqlab qolish – biz qilayotgan ish. Biz o‘zgalar hududlariga ko‘z olaytirmaymiz, shu sababli bu yo‘nalishda barcha qadamlarni ehtiyotkorlik bilan rejalashtiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi amaliyot boshlanganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026