Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Litvada AQSh tanklari joylashtirilishiga “munosib” javob tayyorlashni buyurdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Litva-Belarus chegarasi yaqinida AQShning zirhli texnikasi va harbiylari joylashtirilishiga munosib javob rejasini ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda Belarus xavfsizlik kengashi rahbari Stanislav Zas ma'lum qildi.
Tegishli topshiriqlarni xavfsizlik kengashi bosh kotibi va mudofaa vaziri olgan.
Zasning ta'kidlashicha, AQSh zirhli texnikasi Belarus chegarasidan 15 km uzoqlikdagi Pabrade poligonida joylashtiriladi. Uning aytishicha, avval Litvada AQSh bo‘linmalari joylashtirilmagan.
Ta'kidlanishicha, bunday vaziyatda har qanday davlat javob choralarini ko‘radi va keyingi haftada Lukashenkoga AQSh harakatlariga javob qaytarish bo‘yicha takliflar taqdim qilinadi. Zasning aytishicha, ushbu qadamlar dunyoda va mintaqada keskinlik o‘sishi ortida qabul qilinmoqda va bu ham xavfsizlik holatiga ta'sir qiladi.
Xavfsizlik kengashi rahbari 2020 yil bahoriga rejalashtirilgan NATOning Defender Europe mashg‘ulotlaridan ham xavotir bildirgan. Zasning ta'kidlashicha, mashg‘ulotlar davomida AQSh qo‘shinlarining Yevropaga tashlanishi mashq qilinadi.
22 oktyabrda Lukashenko Belarus atrofida barqarorsizlik mavjudligi haqida gapirgan. U Belarus chegarasi yaqinidagi vaziyat keskinlashayotganini ta'kidlab o‘tib, buzg‘unchi kuchlarga mamlakatda yaratilgan tinchlikni buzishga imkon bermaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026