Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB yig‘imlarining 25-30 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi
MIB ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning iyul oyidan shu kunga qadar 17 335 ta iste'molchiga nisbatan 28 mlrd. 273,9 mln. so‘mlik noreal qarzdorliklar aniqlanib, ushbu qarzdorliklar olib tashlangan.
Bugun, 23 oktabr kuni Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyati hamda mas'ul xodimlari bilan «Faoliyatning 9 oylik yakunlari va istiqboldagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda qatnashgan Kun.uz muxbirining: «Noreal qarzdorliklar ham MIB prognoziga kiritilgan bo‘ladi, iste'molchidan soqit qilingani bilan u mablag‘ yo‘qolib qolmaydi. Bunday qarzdorlikning keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Respublikada MIB yig‘imlarining umumiy miqdorida Toshkent shahrining ulushi qancha?» degan savollariga boshqarma rahbari Orif Bozorov javob berdi.
«Noreal qarzdorlik maxsus xatlov natijasida aniqlanganda u iste'molchi hisob raqamidan yechib olinib, maxsus 88880000 raqamiga o‘tkaziladi. Bu hisob raqamidagi mablag‘larning keyingi taqdiri hukumat qaroriga bog‘liq.
Endi respublika MIB faoliyatining umumiy yig‘imlarida Toshkent shahri ulushiga kelsak, bu 25-30 foizni tashkil qiladi», – dedi Bozorov.
Tadbirda ochiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish yo‘nalishi bo‘yicha 9 trln. 687 mlrd 573 mln. so‘mlik 667 493 ta ijro hujjati kelib tushgan, shundan, 5 trln. 779 mlrd. 026 mln. so‘mlik 383 471 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta'minlangan.
Shuningdek, 27 215 ta aliment undiruvi bilan bog‘lik ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, joriy yilning 9 oyi mobaynida 324 ta qarzdorga nisbatan ma'muriy javobgarlik masalasi ko‘rilgan bo‘lsa, 20 nafar alimentchi otalarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Yashirinib yurgan 168 nafar aliment qarzdorlar qidirib topilgan, 229 ta oila yarashtirilishiga erishilgan.
Iste'molchilardan energiya resurslari va suv ta'minoti bo‘yicha joriy yilning 9 oyi davomida 3 trln. 145 mlrd. 368 mln. so‘m undirilgan. Shundan elektr energiyasidan 1 trln. 424 mlrd. 445 mln. so‘m, tabiiy gazdan 1 trln. 427 mlrd. 302 mln. so‘m va suv ta'minotidan 293 mlrd. 620 mln. so‘m undirilgan. Undiruv o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 trln. 381,4 mlrd. so‘mga oshgan.
Mavzuga oid
19:44
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026