O‘zbekiston AQShga eksport hajmini 1,5 mlrd dollarga oshirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi
O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov AQSh savdo vaziri Uilbur Ross bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar qilingan.
Uchrashuv davomida AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoning joriy holati va tovar aylanmasini oshirishning istiqbolli mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan o‘zaro savdoni rivojlantirish borasida O‘zbekistonning AQShga amalga oshirayotgan eksport hajmini 60 turdagi mahsulotlar nomenklaturasi hisobiga 1,5 mlrd. dollarga oshirish bo‘yicha taklifi Amerika tomonidan o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi. Eksportbop mahsulotlar hajmlari aks ettirilgan ro‘yxat AQSh Savdo vazirligining rahbariyatiga keyinchalik savdo bitimlari va shartnomalar ustida ishlash maqsadida topshirildi.
Amerikaliklar taklif etilgan mahsulotlarga nisbatan Amerika bozoridagi ehtiyojni chuqur o‘rganishga va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini Amerika bozoriga olish chiqishiga ko‘maklashishga tayyer ekanligini bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini oshirish uchun davlatlararo aloqalarni tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan vazirlar darajasida «C5+1» formatidagi platforma tashkil etish taklifi bayon etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga AQSh tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro savdoni jadallashtirish va masalalarni tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan doimiy birgalikdagi faoliyatni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda AQSh savdo vazirligining yuqori darajali ekspertlaridan iborat idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024