Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament deputati Zelenskiyni “kichik diktator” deb atadi
“Ukraina-YeI” uyushmasi qo‘mitasi vitse-prezidenti, Yevroparlament deputati Viola fon Kramon-Taubadel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi hokimiyatni “kichik diktator” kabi himoyalayotganini aytdi. Bu haqda Ukraina OAV ma'lum qildi.
Deputatning aytishicha, Ukrainadagi saylovlarda odamlar hokimiyatning har gal o‘zgarishidan keyin o‘rnatilgan oligarxlar ta'siriga qarshi ovoz berishgan. Biroq fon Kramon-Taubadel fikricha, natijada bu yuz bermagan.
Ayolning ta'kidlashicha, Ukrainaga tiyib va muvozanatlab turuvchi mexanizm kerak.
“Aks holda u [Zelenskiy] parlamentni, sud tizimini, ommaviy axborot vositalarini tarqatib, kichik diktator kabi hal qiladi”, deb aytgan fon Kramon-Taubadel.