Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi livanlik oilaviy guruhga qarshi operatsiyada 400 politsiyachi qatnashmoqda
Germaniyaning to‘rtta federal yerida livanlik qarindosh-urug‘lardan tashkil topgan yirik guruhga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.
Nashrning ma'lumot berishicha, operatsiyada huquqni muhofaza qilish organlarining 400ga yaqin xodimi qatnashmoqda.
Xabar qilinishicha, Berlin, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfals va Saarda ushbu guruh vakillariga tegishli jami 28ta xonadon va ofislarda tintuv o‘tkazilmoqda.
Maxsus operatsiyada GSG9 terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasi ham qatnashmoqda.
Qarindosh-urug‘lardan tashkil topgan guruh 2018 yil maydan 2019 yil iyulgacha Germaniyaga Livan fuqarolarini kamida 26 marta noqonuniy ravishda olib kirganlikda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026