Jahon | 21:53 / 25.10.2019
21412
2 daqiqa o‘qiladi

Baykalorti o‘lkasida askar 8 xizmatdoshini otib tashladi

Foto: Kommersant'

Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida harbiy o‘z xizmatdoshlarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligida xabar qilindi. Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. Tergov qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Ramil Shamsutdinov ismli oddiy askar qo‘lga olingan.      

Voqea 25 oktyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18.20da soqchilar almashishi vaqtida yuz bergan. Askar o‘z xizmatdoshlarini tabel qurolidan o‘qqa tutgan. Yaralangan 2 harbiy og‘ir ahvolda qolmoqda.

Xabarda ta'kidlanishicha, askar jinoyatni “harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy sabablar ta'sirida asabiy holatda” sodir etgan. 

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan 2 nafari zobit, qolgani oddiy askar bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi ushbu jinoyat yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid