Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududida turizm obektlari bo‘lgan moddiy madaniy meros obektlari 30 yilgacha ijaraga beriladi
O‘zbekistonda hududida turizm infratuzilma obektlari joylashgan yoki yaratiladigan moddiy madaniy meros obektlari o‘ttiz yilgacha muddatga ijaraga beriladi.
Hukumat qarori bilan Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomga yangi band qo‘shildi.
Endilikda, hududida turizm infratuzilma obektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalari joylashgan yoki yaratiladigan moddiy madaniy meros obektlari o‘ttiz yilgacha muddatga, biroq kamida o‘n yilga ijaraga beriladi.
Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng bo‘lgan mablag‘ni hududida o‘zlari joylashgan moddiy madaniy meros obektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yo‘naltirish, shuningdek, moddiy madaniy meros obektlarini saqlash normalariga rioya qilish shartlarida dastlabki besh yilda ijaraga haq to‘lashdan ozod qilinadilar. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tanlov komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026