MIB xodimlari tarkibini yangilash rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda Majburiy ijro byurosining yangi shtati shakllantirilishi mumkin. Prezidentning tegishli farmoni loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
2020 yilning 1 yanvaridan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumiy shtatlar soni 275 nafar davlat ijrochilaridan iborat bo‘lgan Byuroning 15 ta tumanlararo bo‘limlari tashkil etilib, ularga soddalashtirilgan ijro ishi yuritish tartibida ijro hujjatlarini majburiy ijro etish funksiyasi yuklanadi;
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlarida umumiy boshqaruv xodimlarining soni 201 nafar bo‘lgan tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha sektorlar tashkil etilib, ularga ijroni, murojaatlar bilan ishlanishini nazorat qilish, ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish funksiyalari yuklanadi.
Ko‘rsatilgan Byuro organlarining bo‘linmalari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlaridagi qidiruv guruhlarini (sho‘'balari) tugatish, bo‘shaydigan shtat birliklari qismini (65 birlik) Byuro Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining axborot ta'minoti va qidiruv sho‘'balariga berish;
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlaridagi kriminalist shtat birligini qisqartirish, bo‘shaydigan shtat birliklari qismini (28 birlik) Byuro Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining tezkor sho‘'balariga berish;
Byuro tuman (shahar) bo‘limlaridagi qarzdorlikni sudgacha undirish sho‘'basi inspektorlarining 21 shtat birliklari va davlat ijrochisining 67 shtat birliklarini qisqartirish.
Moliya vazirligi va Bosh prokuratura 2020 yilga Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallarini shakllantirish doirasida energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati to‘lovlari, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi bo‘yicha funksiyalari bilan shug‘ullanmaydigan Byuro organlari xodimlari qismini saqlash xarajatlarini ular ish haqi fondining amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasidan bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi va bunda quyidagilarni budjetdan moliyalashtirishga o‘tkazilishini nazarda tutadi:
2020 yilning 1 yanvaridan – 1301 birlik;
2020 yilning 1 iyulidan – 4298 birlik.
Byuro:
xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida boshlang‘ich tayyorlov bo‘yicha maxsus bir oylik kursni o‘tagandan so‘ng davlat ijrochisi lavozimiga tayinlash tartibini joriy qiladi;
Bosh prokuratura Akademiyasi bilan birgalikda tinglovchilarga kasb-odobnomasi, psixologiya, konfliktologiya va vaqtni boshqarish asoslarini o‘rgatish, shuningdek ularni Byuroning axborot tizimlari va dasturiy komplekslari (MIB PORTAL dasturiy kompleksi va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘qitishni nazarda tutuvchi maxsus boshlang‘ich tayyorgarlik kursi dasturini tasdiqlaydi;
yangi tashkil etilayotgan tumanlararo bo‘limlarni majburiy ijro choralarini ish joyidan turib ijro ishi yuritishning soddalashtirilgan tartibida amalga oshirish imkonini beruvchi zarur xonalar (qoida tariqasida xizmat o‘rinlarini “open-space” shaklidagi jamoaviy joylashuvini nazarda tutgan holda) hamda kerakli mebel jihozlari, kompyuterlar, orgtexnika va telekommunikatsiya vositalari bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024