15:38 / 25.10.2019
0
14046

Xitoy jamoasi Xitoyda o‘tayotgan Butunjahon harbiy o‘yinlaridan chetlashtirildi

Foto: Zuma/TASS

Hakamlar tekshiruv o‘tkazib, xitoyliklarga tomoshabinlar yordam berishganini aniqladi. Ular faqat mahalliy atletlarga ma'lum bo‘lgan maxsus belgilar orqali yo‘l ko‘rsatib turishgan.

Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon harbiy o‘yinlaridan xitoylik qatnashchilar chetlashtirildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

O‘rta masofada sportcha yo‘nalish topish musobaqasida Xitoy erkaklar jamoasi ikkinchi, ayollar jamoasi esa birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni oldi. Ammo musobaqada qatnashayotgan oltita davlat mezbonlar g‘irromlik qilganini bildirdi.

Hakamlar tekshiruv o‘tkazib, xitoyliklarga tomoshabinlar yordam berishganini aniqladi. Ular faqat mahalliy atletlarga ma'lum bo‘lgan maxsus belgilar orqali yo‘l ko‘rsatib turishgan.

Natijada Xitoy jamoasi uzoq masofada o‘tkaziladigan musobaqalardan chetlashtirildi.

Butunjahon harbiy o‘yinlari harbiy sportchilar o‘rtasida to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. Birinchi marta musobaqalar 1995 yilda Rimda o‘tkazilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top