Sport | 00:28 / 25.10.2019
6179
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasi. «MYu»da qiyin g‘alaba, «Roma» 95-daqiqada 2 ochko yo‘qotdi, «TsSKA» o‘z uyida yutqazdi

Yevropa Ligasida guruh bosqichi 3-turining bir qancha o‘yinlari yakunlandi.

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» Serbiyada «Partizan» mehmoni bo‘lib, Marsyalning goli evaziga g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng «Yunayted» o‘z guruhida yakkapeshqadam bo‘lib oldi.

«Roma» o‘z maydoni Myonxengladbaxning «Borussiya»sini qabul qildi. Dzanoloning goli xisobiga oldinda borayotgan rimliklar 95-daqiqada penaltidan to‘p o‘tkazib yuborib, 2 ochko yo‘qotishdi.

Shuningdek, «Vulverhempton», «Braga», «Alkmaar» klublari ham o‘z xisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yishdi.

Moskvaning «TsSKA» jamoasi esa o‘z uyida «Ferensvarosh»ga yutqazib qo‘ydi.

Yevropa Ligasi, 3-tur, 24 oktabr
G guruhi

Yang Boyz – Feyyenoord 2:0
Gollar: Assale (14, penalti), Nsame (28, penalti).

Portu – Reyndjers 1:1
Gollar: Dias (36) – Morelos (44).

N guruhi

Ludogorets – Espanol 0:1
Gol: Kampusano (13).

TsSKA – Ferensvarosh 0:1
Gol: Varga (86).

I guruhi

Sent-Eten – Aleksandriya 1:1
Gollar: Gabriel (8) – Gabriel (14, avtogol).

Gent – Volfsburg 2:2
Gollar: Yaremchuk (41, 90+4) – Vegorst (3), Viktor (24).

J guruhi

Roma – Borussiya M 1:1
«Stadio Olimpiko»
Gollar: Dzanolo (32) – Shtindl (90+5, penalti).
Roma: Lopez, Smolling, Jyeko, Kolarov, Fazio, Veretu, Dzanolo (Antonuchchi, 77), Manchini, Pastore (Perotti, 62), Spinatssola, Klyuyvert (Florensi, 84)
Borussiya M: Zommer, Kramer (Benesh, 76), Hermann (Xofman, 62) , Zakaria, Tyuram, Lyayner, Yanchke, Bensebaini, Elvedi, Noyxaus, Embolo (Shtindl, 77).
Ogohlantirishlar: Veretu (50), Bensebaini (65), Klyuyvert (72), Lyayner (81), Antonuchchi (90+2), Smolling (90+4).

Istanbul – Volfsberger 1:0
Gol: Kahvechi (78).

K guruhi

Beshiktosh – Braga 1:2
Gollar: Umut (71) – Rikardu Orta (38), Eduardu (80).

Slovan – Vulverhempton 1:2
Gollar: Shporar (10) – Saiss (58), Ximenes (63, penalti).

L guruhi

Partizan – MYu 0:1
«Partizan»
Gol: Marsyal (43, penalti).
Partizan: Stoykovich (S), Pavlovich, Natxo, Toshich (Stevanovich, 75), Umar, Asano (Ivanovich, 90+3), Zdelar, Suma (Lazar Pavlovich, 83), Ostoyich, Uroshevich, Miletich. 
Manchester Yunayted: Romero, Jons, Maguayr, Mata, Marsyal (Reshford, 60), Lingard, Roxo, Uan-Bissaka (Jyeyms, 60), Garner (Pereyra, 82), Maktomini, Uilyams.
Ogohlantirishlar: Jons (46), Natxo (66), Miletich (67), Zdelar (89).

AZ Alkmaar – Astana 6:0
Gollar: Koopmeyners (39  penalti, 83 penalti), Boadyu (43), Stengs (77), Sugavara (85), Idrissi (90+2).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid