Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati bo‘ylab media-tur tashkil qilindi
25-26 oktabr kunlari Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil qilindi.
Mazkur tadbirga kelgan mehmonlar Qo‘qon temir yo‘l vokzalida kutib olindi. So‘ng ular Qo‘qon shahridagi "Buyuk allomalar muzeyi"da o‘rta asrlar, Temuriylar davri, Qo‘qon xonligi va mustamlakaga qadar yashab ijod etgan allomalarga oid eksponatlar, asarlar, suratlar bilan tanishdilar.


Anjuman ishtirokchilari Rishton tumanida faoliyat yuritayotgan kulollar oilasiga tashrif buyurib, ularning ish jarayonini kuzatishdi.

"Loyga mehr berdik. Qarang, mehr nelarga qodir" - deydi usta Ravshanbek Tojiddinov.




Media-tur qatnashchilarining keyingi manzili Oltiariq tumanidagi O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotovaning "Nurli obod" fermer xo‘jaligiga bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhratbek G‘aniyev xo‘jalikning shiyponida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbat o‘tkazdi.


Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026