Jamiyat | 10:59 / 26.10.2019
8107
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani haqidagi ma'lumotni rad etdi

Foto: Wikipedia

UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi

Qayd etilishicha, bugun, 26 oktabr kuni, tungi soat 1:00larda Andijon shahri Soy ko‘chasida joylashgan “Andijonmash” korxonasi hududida joylashgan tekstil korxonasining tom qismida yong‘in yuz bergan. 

“Yong‘in sabablari bizga ma'lum emas. Asaka avtomobil zavodi hududida hech qanday yong‘in yuz bermaganini rasman ma'lum qilamiz”, - deyiladi bayonotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid