Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy terma jamoaning noyabr oyidagi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum
Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston milliy jamoasi 14 va 19 noyabr kunlari JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlarni o‘tkazadi. Ushbu o‘yinlar uchun tayyorgarlik yig‘ini 2 noyabrdan boshlanadi.
O‘FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bosh murabbiy Vadim Abramov yig‘inga 32 futbolchini chaqirgan.
9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik bahsidan so‘ng rasmiy o‘yinlar uchun 23 futbolchi saralab olinadi.
Darvozabonlar: Eldor Suyunov («Paxtakor»), Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Abdumavlon Abdujalilov («Bunyodkor»).
Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Rustam Ashurmatov («Gvangju», Janubiy Koreya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Xojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Farruh Sayfiyev («Paxtakor»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Sharof Muhiddinov («Nasaf»), Akbar Ismatullayev («Metallurg»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»).
Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Qodirqulov («Bunyodkor»), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu», Malayziya), Ikrom Aliboyev («Seul FK», Janubiy Koreya), Lutfulla To‘rayev («Bunyodkor»), Abror Ismoilov («Surxon»), Muzaffar Muzaffarov («Metallurg»), Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor»), Jamshid Iskanderov («Lokomotiv»), Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduholiqov («Xorfakkan», BAA), Humoyun Murtazoyev («Nasaf»).
Mavzuga oid
21:06 / 25.04.2026
2 mln dollar – JCh-2026 finaliga chiptalar astronomik narxlarda sotilmoqda
09:22 / 01.04.2026
O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi
02:23 / 31.03.2026
Husanov eng yaxshi bo‘ldi. O‘zbekiston – Venesuela o‘yinidan fotoreportaj
22:56 / 30.03.2026