Davlat tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish soddalashtirildi
Bunday xaridlar bo‘yicha texnik vazifalar endi ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Bu haqda Norma xabar berdi.
Bu strategik xaridorlar (shu jumladan - «Dori-Darmon» AK) va ustav kapitalida (fondida) strategik xaridorlarning ulushi bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli. Umumiy tartibda ular ekvivalenti 50 ming AQSh dollariga teng summadan ortiq bo‘lgan summadagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat tomonidan xarid qilish uchun texnik vazifalarni ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etishlari kerak.
Mazkur holda davlat tomonidan xarid qilish predmeti - O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning hududida tibbiy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat etilgan:
• dori vositalari va substansiyalari, immunobiologik (vaksinalar, zardoblar, anatoksinlar, allergenlar) va radiofarmatsevtik preparatlar;
• gomeopatik, diagnostik va sterilizatsiya vositalari;
• tibbiyot buyumlari.
Normada majburiy shart mavjud: strategik xaridorlar va ularning ulushi bo‘lgan sub'yektlar yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar, vositalar va buyumlar ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishlari lozim.
Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Mavzuga oid
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
09:00 / 09.09.2024