Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qo‘shma demarkatsiya komissiyasiga kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Tojikiston Respublikasi Yer boshqaruvi va geodeziya davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizmamad Karimzoda uchrashuv Bayonnomasini imzoladilar.
Kelishuvga ko‘ra Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026