O‘zbekiston | 17:42 / 28.10.2019
5417
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Makon Marketing Forum 2019 birinchi milliy biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahrida Makon Marketing Forum 2019 birinchi milliy biznes forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir joriy yilning 2 noyabr kuni tashkillashtiriladi.

Biznes forumda malakali ekspertlar, tadbirkorlik va marketing sohasida katta natijalarga erishgan shaxslar, ushbu yo‘nalishlarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassislar va davlat organlari vakillari o‘z bilim va innovatsion g‘oyalarini ishtirokchilarga yetkazadilar.

Marketing tarmog‘ini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub'yektlarining marketing va biznes sohasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirda barcha ma'ruzachilar marketing, boshqaruv va sotuvlarni oshirish borasidagi e'tirof etilgan amaliyotchi ekspertlar sanaladi.

Tadbir dasturi - www.makonmf.uz
Murojaat uchun telefon - +99897 402 28 20

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid