Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi neft konlarini har qanday kuchlardan himoyalashi ma'lum qilindi
AQSh mudofaa vaziri Mark Esperning ta'kidlashicha, amerikalik harbiylar Suriyadagi neft konlarini himoyalashni davom ettiradi. Uning ta'kidlashicha, Vashington bunda unga xavf soladigan har qanday kuch, jumladan Rossiya va suriyalik harbiylardan himoyalanishga tayyor.
“AQSh Suriya shimoli-sharqidagi neft konlari ustidan nazoratni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSh qurolli kuchlari ularga xavf soladigan har qanday kuchga jiddiy javob qaytaradi”, deb aytgan Esper Twitter’da efirga uzatilgan matbuot anjumanda.
AQSh mudofaa vaziri “Amerikalik harbiylar neft konlariga Rossiya va suriyalik harbiylarni qo‘ymaydimi?” degan savolga “Umuman olganda, ha”, deb javob qilgan.
Uning ta'kidlashicha, AQSh harbiylarining asosiy maqsadi bu konlarni “Suriya demokratik kuchlari” kurd tuzilmalariga topshirishdan iborat.
Esper ushbu konlar hisobiga IShID terrorchilik tashkiloti moliyalashtirilganini ta'kidlab o‘tgan.
Bu orada Rossiyaning ta'kidlashicha, AQSh harbiylarining ushbu hududlarda bo‘lishi Suriya xalqini talashni davom ettirishga qaratilgan. Bunday fikrni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy bildirgan.
Uning ta'kidlashicha, AQSh “Suriya neftini Suriya xalqidan himoyalash”ga qaror qilgan.
Ikki kun avval Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov AQSh Suriya nefti kontrabandasi bilan shug‘ullanishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, neft tashuvchi avtomobillarni AQShning xususiy harbiy kompaniyalari va maxsus kuchlari qo‘riqlaydi. Konashenkovning ta'kidlashicha, neft AQSh nazoratidagi “Sedkab” kompaniyasi tomonidan olib chiqiladi.
Rossiya mudofaa vazirligida ma'lum qilinishicha, bunday kontrabanda neftining bir barreli 38 dollar turadi, bundan har oy olinadigan daromad 30 mln dollardan oshadi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026