Jahon | 22:06 / 29.10.2019
12750
1 daqiqa o‘qiladi

Arnold Shvarsenegger va yana bir qancha yulduzlar yong‘inlar sababli uyini tark etishiga to‘g‘ri keldi

Kaliforniyadagi tabiiy yong‘inlar Los-Anjyelesning bir qator tumanlariga xavf sola boshladi. Mahalliy hokimiyat ommaviy evakuatsiya e'lon qildi. Evakuatsiya ostiga aktyorlar Arnold Shvarsenegger, Rayan Filipp va basketbolchi Lebron Jyeyms uylari ham tushgan.

“Agar siz evakutsiya hududiga tushgan bo‘lsangiz, bunga jiddiy qarang. Men dunyodagi eng yaxshi o‘t o‘chiruvchilardan minnatdorman. Ular haqiqiy qahramonlar”, deb izoh bergan vaziyatga Shvarsenegger.

Yong‘in tez tarqalayotgani sababli Gollivudda “Terminator: Qora taqdirlar” filmining premerasi bekor qilindi.  

“Biz qabul uchun mo‘ljallangan yegulikni yong‘indan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qizil xochga yuboramiz”, deb aytilgan Paramount Pictures va Skydance kinokompaniyalari bayonotida.
 
27 oktyabrdan Kaliforniyada yong‘inlar sababli favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda. Yong‘in 20 ming gektardan ko‘proq hududni qamrab olgan. O‘nlab binolarning kuli ko‘kka sovurilgan, yana yuzlab uylar xavf ostida qolmoqda. 200 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.  Vaziyat kuchli shamol va issiq harorat sababli yanada murakkablashgan.

Mavzuga oid