O‘zbekiston | 20:43 / 29.10.2019
1366
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot mahsulotining yosh toifasini belgilovchi mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar ma'lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibini ishlab chiqdi.

Agentlik matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, mazkur hujjat bilan yuridik va jismoniy shaxslarning ekspert sifatida akkreditatsiya attestatini olishi qanday tartibda amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Jumladan, bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan jismoniy shaxslar oliy ma'lumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega bo‘lishi lozim.

Akkreditatsiyaning amal qilish muddati — besh yil. Yuridik va jismoniy shaxslar akkreditatsiyadan o‘tish uchun belgilangan tartibda AOKAga murojaat qilishlari mumkin.

«So‘nggi paytlarda turli veb-saytlarda zo‘ravonlik, qotillik, o‘z joniga qasd qilish, qo‘poruvchilik, fahshga undovchi va turli oqimlarga da'vat qiluvchi, shuningdek, qadriyatlarimizga mutlaqo yot g‘oyalarni singdirishga qaratilgan axborotlar uchrab turibdi. Buning oldini olishni esa kechiktirib bo‘lmaydi», – deya qayd etilgan agentlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborotni tarqatish taqiqlangan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid