Chinozdagi maktabda direktor va o‘quvchi ishtirokida sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumani 19-maktab direktori 6-sinf o‘quvchisini kaltaklagani aks etgani bildirilgan videoxabar tarqaldi.
Ushbu holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, voyaga yetmagan O.R. haqiqatdan ham Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6-“a” sinf o‘quvchisidir.
Joriy yilning 9 oktabr kuni o‘quvchilar sinf xonada o‘tirgan vaqtida maktab direktori Sh.X. sinf xonasiga kirib, texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘qligi sababli, o‘rniga shu soatda matematika darsi bo‘lishini aytgan. Shunda, o‘quvchi O.R. nima sababdan texnologiya darsi bo‘lmasligini qo‘pol ravishda, baland ovoz bilan so‘ragan. Barcha o‘quvchilar oldida maktab direktoriga nisbatan qo‘pol muomala qilganligi uchun maktab direktori o‘quvchi bilan alohida gaplashib olish maqsadida uni qo‘lidan ushlab, boshqa xonaga olib kirgan va undan tushuntirish xati olgan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi O.R.ga olgan tan jarohatlari yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayyorlangan. 2019 yil 11 oktabr kundagi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan O.R.ga sog‘liqni qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan “Yengil” tan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro Sh.X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga asosan javobgarlik belgilangan.
Hozirda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ma'muriy ishlar bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborilgan, deyiladi Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma'lumotida.
Mavzuga oid
09:01 / 31.05.2024
Chinozda 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18:28 / 10.05.2024
Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi
08:15 / 30.04.2024
Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz ehtiyotsizligi oqibatida chuqurga tushib ketdi
16:40 / 23.02.2024