Toşkent viloyati, Çinoz tumanida erkak öz opasini öldirib, jasadini 7 kun davomida uyda saqladi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinişiça, hodisa 14 fevral kuni sodir bölgan. 26 yoşli erkak döstlariga telefon qilib, öz opasini öldirgani haqida aytgan. Döstlari hazillaşyapti, deb öylab, uning uyiga borgan. Şunda 30 yoşli ayolning jasadi topilgan.
Aniqlanişiça, murda bir hafta uyning balkonida saqlangan. Erkak uni gilamga örab qöygan.
Qotillik sabablari ma’lum emas.
Qöşnilarning sözlariga köra, oila yaxşi xulqli bölgan. Eridan ajraşgan marhum ayol 2 farzandi bilan ajraşib, onasi va ukasi bilan birga yaşagan.












