Toşkent viloyati, Çinoz tumanida öz opasini öldirib, 7 kun uyda saqlagan yigitga sud hukmi öqildi. U 8 yilga qamaldi, jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilandi.
Qotillik 2025 yil 14 fevral kuni sodir bölgan. 1999 yilda tuğilgan yigit 1995 yilda tuğilgan opasini öldirib, murdasini gilamga örab qöygan. Oradan 7 kun ötgaç, bu haqda döstlariga xabar bergan. Yigit sözlariga köra, janjal kredit tufayli yuzaga kelgan.
«Kreditdan kelib çiqqan edi. Holat sababi tarbiya bölmaganidan, otamiz bölmagan. Opam asabiy edi, ammo köpinça yaraşib ketardik. Oxirgi marta kreditga pul tölamay ötkazib yuboraverdi. Men pul ötkazdim. Tunda xonamga piçoq bilan keldi. Piçoqni menga qaratdi-da qöli payigaça kesilib ketdi. Qonni körganimdan keyin özimni boşqarolmay qoldim. Şok holatida edim. Murdasini körganimdan keyin qotillik qilganimni tuşundim. Murdani balkonga çiqarib qöydim», dedi u.
Sud onaning da’vosi yöqligini, ayol doimiy janjallar qilib kelganini inobatga olgan holda, yigitni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «j» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi.












